“Toshkent favvoralari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasining chiqarilishi haqida
12.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ tomonidan tayyorlanib va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 2017 yil 5 oktabrdan “Toshkent favvoralari” turkumiga bag‘ishlangan pochta markasi muomalaga kiritildi.

Pochta markasi pochta bloki ko‘rinishida chop etilgan. Pochta markasida poytaxtimiz markazining Xadra maydonidagi Toshkent Sirki yonida joylashgan ajoyib favvora tasvirlangan. Favvora 1953 yilda arxitektorlar M.Bulatov va L.Karash loyihalari asosida qurilgan. Pochta blokining yuqori qismida o‘zbek tilida lotin grafikasida “Toshkent favvoralari” yozuvi joylashgan.

Pochta markasi bir necha rangda ishlangan. Ofset usulida bosilgan. Perforatsiyasi taroqsimon. Qog‘ozi oq silliq. Pochta blokining o‘lchami 90×80 mm, markaning o‘lchami 30×42 mm. Adadi 5 ming nusxa. Dizayner – U.Yusupaliyev

Pochta markasiga 1213 identifikatsiya raqami berilgan va 2700 so‘mga barobar nominali o‘rnatilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq