Vazirlik qoshidagi IT-maktab ilk o’quvchilarni saralash bo’yicha tanlov e’lon qiladi
11.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 sentyabr kuni “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabni tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi.

Ushbu maktabga:

— umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika va chet tili fanlarining chuqur o‘qitilishini tashkil etish;
— o‘quvchilarda dasturlash asoslarini, ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi ko‘nikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;
— yuqori kasb mahoratiga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etgan holda o‘quvchilarning yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini ta’minlash maqsadida asos solingan.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabiga 2017-2018 o‘quv yili uchun 5-sinfga o‘quvchilarni tanlov asosida qabul e’lon qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar topshirilishi kerak:

1) Tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma nushasi;

2) 086-tibbiy ma’lumotnoma;

3) Yashash joyidan ma’lumotnoma;

4) 3×4 hajmdagi 6 ta fotosurat;

5) O‘zlashtirish tabeli (1-4 sinf) nushasi;

6) Ota va ona pasporti nushasi.

Tanlov matematika va ingliz tili fanlaridan yozma va og‘zaki shaklda o‘tkaziladi. Hujjatlarni qabul qilish Ixtisoslashtirilgan maktab binosi 1-qavatida amalga oshiriladi.

Ixtisoslashtirilgan maktab manzili: Mirzo Ulug‘bek tumani, Tepamasjid ko‘chasi, 4-uy.

Hujjatlarni qabul qilish 2017 yilning 16 oktabrigacha davom etadi.

Ma’lumot uchun tel.: (+998 71) 262-48-87.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq