UZINFOCOM da IBM vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi
11.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

10 oktabr kuni Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM rahbarlarining MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bo’yicha IBM mintaqaviy direktori bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Uchrashuvda raqamli transformatsiyalar sohasida o’zaro manfaatli hamkorlik, moliyaviy sektor, ta’lim, tibbiyot, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda IBM uchun innovatsion yechimlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, sun’iy intellekt sohasida IBM (Watson) ning ishlanmasi taqdim etildi.

Uchrashuv yakunida qo’shma loyihalarni amalga oshirishda o’zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlash bo’yicha kelishuvga erishildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq