Telekom xizmatlari uchun narxlar oshmaydi!
11.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatuvchi barcha aloqa xizmatlari operatorlari va internet-provayderlari rahbarlari ishtirokida xizmatlar uchun narx tarifi siyosatini tartibga solish yuzasidan amalga oshirish zarur birlamchi vazifalarga bag‘ishlangan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «O‘zbektelekom» AK abonentlarining, shuningdek hamkorlarning murojaat hamda istaklarini inobatga olgan holda, 20 oktabrdan ayrim tariflarni oshirish bo‘yicha qarorning bekor qilingani qayd etildi.

Ta’kidlangani kabi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi galdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga ko‘ra, barcha operator va provayderlarga tariflar uchun narxlarni veb-sayt va ommaviy axborot vositalarida milliy valyutada ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan. Shuningdek, farmon asosida xizmatlar uchun tarif narxlarining keskin oshirilmasligini ta’minlash bo‘yicha ham topshiriqlar berilgan.

Uchrashuvda mobil aloqa operatorlariga qisqa muddat ichida mobil aloqa bilan qamrab olinmagan aholi punktlarini, shuningdek aholi yashaydigan hududlarni bog‘laydigan magistral avtomobil hamda temir yo‘llarini aloqa signallari bilan qamrab olish yuzasidan topshiriq berildi.

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasiga abonentlarga barcha turdagi telekommunikatsiya xizmatlarining sifatli ko‘rsatilishini qattiq nazoratga olish vazifasi yuklatildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq