“e-Government Leadership Centre” direktori “Mirzo Ulugbek Innovation Center” markaziga tashrif buyurdi
11.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yilning 10-oktabr kuni Singapur Milliy universiteti (NUS)ning “e-Government Leadership Centre” markazi direktori Аshok Кumar Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markaziga tashrif buyurdi.

Innovatsiya markaziga tashrifi chog‘ida Аshok Kumar Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo’llab-quvvatlash bo’yicha “Mirzo Ulugbek Innovation Center” Innovatsiya markazining tashkil etilishi tarixi hamda faoliyati bilan tanishdi.

Markaz xodimlari mehmonga Innovatsiya markazining asosiy maqsadi AKT sohasini rivojlantirish va mazkur tarmoqning O‘zbekiston YaIM dagi ulushini oshirish ekanligi, shuningdek, “Mirzo Ulugbek Innovation Center” rezidentlari uchun taqdim etilayotgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdilar.

Qayd etildiki, 2021-yilga kelib “Mirzo Ulugbek Innovation Center” rezidentlari soni 600 nafar yuridik shaxsga yetib, ularning eksport hajmi 30 mln. AQSh dollaridan ortib ketadi. Natijada AKT tarmog‘ining O‘zbekiston YaIM dagi ulushi 4 foizga yetadi.

O‘z navbatida, Ashok Kumar ko‘pgina loyihalarda menejer bo‘lib ishlagani hamda loyiha tashabbuskorlari no‘to‘g‘ri maqsad qo‘yishlarini qayd etdi. U “Mirzo Ulugbek Innovation Center” o‘z maqsadini aniq va to‘g‘ri qo‘ygani, bu esa o‘z navbatida qo‘yilgan natijalarga erishishda muhim omil ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq