AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela L.Spratlen tashrifi
11.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017 yil 10 oktyabr kuni AQSHning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Pamela L. Spratlen va elchihonaning Ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Kirsten Michiner Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda TATU rektori T.Teshabayev, Ilmiy ishlar prorektori B.Usmanov, Xalqaro aloqalar bo‘lim boshlig‘i J.Abdujalilov ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida AQSH universitetlaridan professor-o‘qituvchilarni TATUga jalb qilish imkoniyati, muhandis ayol professor-o‘qituvchilarni qisqa muddatli stajirovka o‘tashi uchun rag‘batlantirish fondi, talabalar almashinuvi bo‘yicha Fulbright va UGRAD dasturlari mavjudligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.

AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni ta’lim sohasida rivojlantirish bo‘yicha TATU va Vebster universitetlari o‘rtasida Anglashuv Memorandumi imzolanganligi va buning natijasida Toshkent shahrida Vebster universiteti filiali tashkil etilayotganligi o‘z natijasini berayotganligi ta’kidlandi.

Universitet talabalari bilan uchrashuv davomida elchi honim Pamela Spratlen talabalarga AQSHda mavjud ta’lim tizimi to‘g‘risida gapirib berdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq