Xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflar bozor talabiga mos, biroq ijtimoiy imtiyozlarni hisobga olgan holda bo‘lishi shart
10.10.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar.
Muallif: .

So‘nggi ikki yil davomida «O‘zbektelekom» AK tarkibidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro qo‘ng‘iroqlarning narxlariga tariflar qayta ko‘rib chiqilmadi. Asosiy yo‘nalishlar – Qozog‘iston, Rossiya va boshqa qo‘shni davlatlardir. Kompaniya xizmatlarni past, bozorga mos bo‘lmagan narxlarda, deyarli o‘zi uchun zarar bilan taqdim etdi.

Hozirgi paytda O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatni liberallashtirish va narxlarni tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

2017-yil 6-oktabr kuni ommaviy axborot vositalarida «O‘zbektelekom» AK xalqaro telefon aloqasi tariflarining oshishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar chop etildi. Shu munosabat bilan «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi marketing va sotuvlar bo‘yicha direktori Yevgeniy Vishnevskiy abonentlarimizning taassurotlarini ko‘zda tutib, bundan buyon «O‘zbektelekom» AK xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tarif siyosati qanday shakllantirilishi haqida so‘zlab berdi:

  • Yaqin vaqtlarda qadar «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasining aniq tasdiqlangan moliyaviy siyosati mavjud emasligini tan olish kerak, qarorlar ko‘p tomonlama va faqat qisqa muddatli qabul qilinardi. Biz mijozni yo‘qotishdan cho‘chigandik, shu sababli samarasiz, zararli taktikada amal qilgan Bunday yondashuv bizni yil boshida duch kelgan vaziyatga olib keldi. Bir qator masalalarni tubdan qayta ko‘rib chiqish zaruriyati tug‘ildi, kompaniya tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshiroshi, tariflar jadvali tahlil qilinishi kerak edi.

Taqqoslash uchun kommunal xizmatlar – elektr, gaz, issiq suv va isitish uchun tariflar yiliga ikki marta ko‘tarildi, bu tabiiy jarayon bo‘lib, unga amal qilamiz – ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar ham har yili o‘sib bormoqda.  «O‘zbektelekom» AK iste’molchiga moliyaviy yuklamani minimallashtirishga intilib, xizmatlari uchun, ayniqsa, xalqaro aloqalar uchun narxlarni sun’iy ravishda cheklab qo‘ygandi. Natijada, faoliyatimizda bizni zararga olib boradigan jiddiy muammolarga duch keldik. Shu sababli, masalan, «O‘zbekiston pochtasi» AJ biz bilan hamkorlik kelishuvini bekor qilish masalasi haqida bir necha bor murojaat qildi.

Xalqaro qo‘ng‘iroqlar uchun tariflarning oshishi kompaniyamizning moliyaviy barqarorligiga erishishga intilishimizdan kelib chiqadi. Shu munosabat bilan faqat iqtisodiy samaradorlikka yo‘naltirilgan yondashuvlarimizni ko‘rib chiqmoqdamiz. Endi mazkur yo‘nalishda zarar bilan ishlashning iloji yo‘q!

Bundan tashqari, uzluksiz aloqalarni ta’minlash uchun hamkorlik qiladigan operatorlar o‘rtasida xalqaro shartnomalar xorijiy valyutadagi hisob-kitoblarni taqdim etadi. Narxlar tabiiy ravishda o‘sib boradi va biz ularga o‘z xizmatlarimiz narxlarini o‘zgartirishga majburmiz.

Bugungi kunda oldimizda kompaniyamiz bo‘linmalarining texnik bazasini modernizatsiya qilish, filiallarni xalqaro standartlarga mos keluvchi AT uskunalari bilan jihozlash vazifasi turibdi. Texnik va texnologik yangilanishlar, shu bilan birga, telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va muvofiq ravishda, narxlarni tartibga solishga yordam beradi.

Yaqin kelajakda «O‘zbektelekom» AK mijozlariga o‘z xarajatlarini optimallashtirishga imkon beruvchi tariflarni ishlab chiqadi. Iqtisodiy asoslanmagan va abonentlarning manfaatlarini hisobga olmagan holda, tariflarni atayin kamaytirish yoki oshirish rejalashtirilmagan.

Agar telekommunikatsiya xizmatlari bozorining umumiy narxlari holati tahlil qilinsa, bizning tariflarimiz iste’molchi uchun qulayligi, muvofiqligi bilan ajralib turishini ishonch bilan aytish mumkin. Masalan, abonentlarning muayyan guruhlari uchun foydali takliflar mavjud, ulardan biri ta’lim muassasalari uchun ZiyoNet ta’lim tarmog‘i platformasi, yana – idoralararo aloqa, shuningdek, qator ijtimoiy yo‘naltirilgan tariflar, jumladan, yoshlar tariflari ham amal qiladi.

Dunyodagi moliyaviy ahvolning korrelyatsiyasi, ayniqsa, xalqaro aloqa masalalarida milliy operatorning xizmat narxlarining o‘zgarishiga ta’sir qilishi mumkin emas. Biroq «O‘zbektelekom» AK o‘z abonentlari uchun foydali narxlarni taklif etishni ko‘zda tutmoqda.

«O‘zbektelekom» AK narxlarni qanday mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi?

Birinchidan, operator tarif rejalarining o‘sishini tarmoqni yanada rivojlantirish, yangi xizmatlarning ishga tushirilishi va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatini yaxshilashga yo‘naltiradi.

Ikkinchidan, mazkur ish Davlatimiz Rahbari, Hukumatimiz, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan yaratilgan muhim hujjatlar doirasida amalga oshiriladi.

«O‘zbektelekom» AK IT xizmatlari bozorida yirik operator sifatida mamlakatda innovatsion rivojlanish, abonent bazasining kengayishi, respublikamizning barcha shahar va aholi punktlariga yuksak texnologiyalarning kirib borishi uchun mas’uldir. Kompaniya xarajatlari o‘sib bormoqda. O‘zimizni qoplash va ta’minlashga erishish uchun ishimiz samaradorligini oshirishimiz, xarajatlarni kamaytirish, shuningdek, xizmatlar narxlarini tartibga solishga majburmiz.

Boshqa mobil aloqa operatorlari tariflari oshadimi?

Tarif siyosatini belgilash bilan har bir operatorning o‘zi shug‘ullanadi. O‘z xizmatlarining narxi haqida batafsil ma’lumotni faqat operatorning o‘zidangina  olish mumkin.

Yaqin kelajakda yangi qulay tariflarni, jumladan, ijtimoiy-yo‘naltirilgan tariflarni joriy etishni rejalashtirmoqdamiz. Bu takliflar – aholining himoyalanmagan qatlamlari – nafaqadagilar, imkoniyati cheklanganlar uchundir. Tariflar bozorga asoslangan bo‘lishi kerakligini tushunamiz, biroq ijtimoiy imtiyozlar qonunga muvofiq, kimlarga taalluqli ekanligini, majburiy tarzda, e’tiborda tutish kerak. Bu ishlarni bajarish bizning oldimizdagi vazifadir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq