Yevropada elektromobillar uchun quvvat beruvchi stansiyalar bozorida raqobat o‘sib bormoqda
09.10.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Yevropa bozorlarida elektromobillarni quvvatlantirish xizmati sohasidagi kompaniyalar o‘rtasida yetakchilik uchun haqiqiy kurash boshlangan. Yevropaliklar o‘z elektromobillarini qanday va qayerda quvvat oldirishlari masalasiga oid raqobat shaharlardan to mintaqalar avtomagistrallariga qadar kengayib bor­moqda.

Energetika kompaniyalari, texnologik startaplar va neft kompaniyalari transport vositalarini quvvatlantirish xizmatini ko‘rsatuvchi quvvat olish stansiyalari ishlab chiqarish boyicha tez o‘sib borayotgan biznesning yetakchi o‘yinchilari bo‘lish uchun kurashmoqdalar. Oddiy benzin va dizel yonilg‘isidan foydalanuvchi avtomobillarga quvvat beruvchilar allaqachon avtomagistrallarda mavjud bo‘lgan neft kompaniyalari hisob­lanadi, ularda xususiy avtolarni quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘i mavjud. Biroq hozir elektromobillarga quvvat beruvchi kuchli quvvat tarmoqlari avtomagistrallardagi avtoservislar hududida cheklangan muhit uchun jiddiy raqobat haqida so‘z bormoqda.

Elektromobillarning batareyasi bir marta quvvat olib, bosib o‘tgan eng katta masofasi 100 km.dan kam bo‘lmasligi uchun Yevropa shaharlarida — uylar, ofis va do‘konlarda ko‘pincha davlat subsidiyalari bilan qo‘llab-quvvatlangan arzon quvvat olish punktlari o‘rnatilgan. Biroq endi Tesla, Porsche va BMW batareyadan quvvat olib, Yevropa mamlakatlari bo‘ylab katta masofalarni bosib o‘tishni ta’minlaydigan elektromobillarni ishlab chiqarmoqda. Frankfurt xalqaro avtosaloni arafasida Daimler va Volkswagen elektromobillarga o‘tish rejalarini tezlashtirish rejalari haqida ma’lum qildilar. Bozornng yirik o‘yinchilari bo‘lgan ChargePoint va Engie butun Yevropa bo‘ylab batareyani tun mobaynida emas, balki yarim soatdan kam vaqt mobaynida to‘ldira oladigan tez quvvatlantirishga qodir bo‘lgan stansiyalar uchun yuqori voltli tarmoqlarini qurishni rejalashtirganlar. O‘z navbatida, kichikroq kompaniyalar, jumladan, britaniya startapi InstaVolt, o‘z rejalarini amalga oshirishning boshqa yo‘llarini izlamoqda. InstaVolt avtoquvvatlantiruvchi stansiyalar opera­torlarining yerlarini ijaraga olib, ijaradan qo‘shimcha daromad keltirgan holda, shuningdek, ularning obyektlaridagi do‘konlarga xaridorlarni jalb etmoqda. Kompaniya esa quvvat stansiyasi orqali elektroenergiya sotuvi orqali daromad oladi.

Manba: www.reuters.com

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq