TerraSentia – fermerlarga yordam beruvchi robot
09.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Investor va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari rahbarlari yangi tijorat qishloq xo‘jaligi roboti — TerraSentiadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Robot qishloq xo‘jaligi o‘simliklari sifatini mustaqil o‘lchashga qodir. Illinoys shtati universitetida ishlab chiqilgan TerraSentia roboti Sent-Luisda 11–13 sentabrda o‘tkazilgan Ag Innovation Showcase ko‘rgazmasida namoyish etildi, unda tarmoq kelajagiga yordam berish maqsadida qishloq xo‘jaligi novatorlari va investorlari jamlandi, — deyiladi Robotics.ua ma’lumotlarida. EarthSense, Inc kompaniyasi robot uchun patent arizasini topshirgan va hozirgi vaqtda 2018-yil mavsumi uchun dastlabki buyurtmalar qa­bul qilinmoqda. Illinoys shtati universitetida, TERRA-MEPP loyihasi doirasida istiqbolli loyihalar agentligi (ARPA-E) qo‘llab-quvvatlashi asosida ishlab chiqilgan robotning narxi ancha qimmat.

Robotning ishlab chiquvchi, muallifi, qishloq xo‘jaligi va biologik muhandislik bo‘yicha professor, Gibrish Choudxari oddiy vazifalarni bajaruvchi, qimmatbaho inson mehnatidan ozod etadigan yaxlit ultraixcham robotlar saroyini yaratishni maqsad qilgan. «Bizning robot nozik va murakkab mehnat talab etadigan ishlarni bajaradi — fermer va olimlarga tahlil va muhim qarorlarni qabul qilishi uchun ko‘proq vaqt qoldirib, dala maydoni haqidagi ma’lumotlarni to‘plash bilan shug‘ullanadi», — deydi Choudxari. — «Bu taqdiqotchilar uchun muhim ahamiyatga egadir, sababi ilgari olim va tadqiqotchilar jamoasi dalani sinovdan o‘tkazishda, bir necha kun mobaynida turli asbob-anjomlarni o‘zlari bilan ko‘tarib yurardilar, robotimiz mazkur amallarni qisqa vaqt mobaynida o‘zi bajara oladi».

Hozirgi vaqtda qurilma avtonom ravishda, o‘simliklar sonini sanab, uning biomassasini aniqlash uchun poyasining o‘lchamini oladi. Kelgusida u o‘simlikning bo‘yi, bargining kengligi, maydonining indeksi, energiyasi, biomassasi va paydo bo‘ladigan kasalliklarini aniqlash kabi o‘simlikka oid barcha ishlarni amalga oshira oladi. Joriy yil 31-noyabrga qadar robot uchun ariza qoldirgan buyurtmachilar mutaxassislardan robotdan foydalanish bo‘yicha 100 soatlik maslahatlar olishga muyassar bo‘ladilar. Ular ajoyib dasturga ega bo‘lgan yillik kafolat sohibi bo‘ladilar. TerraSentia ikki vizual kamera, himoyalangan bulutli dasturiy ta’minot, ma’lumotlarni saqlash va robotdan foydalanishga oid planshet uchun ilovalar bilan ishlab chiqilgan. Qurilma o‘lchamlari bo‘yicha ajralib turadi. Bosch BoniRob, TerraSentia kabi yirik mashinalardan farqli holda, ko‘pchilik o‘simliklar qatoriga mos bo‘lishi uchun og‘irligi 7 kg va kengligi bor-yo‘g‘i 27 sm.ni tashkil etadi. Batareyasining quvvati avtonom ishlash vaqti 8,5 soatga yetarli bo‘la­di. Manbalardan robotics.ua ma’lumotlariga ko‘ra, avtonom navigatsiyani ishga tushirish va foydalanishda qo‘shimcha dat­chiklarni mustahkam bo‘lishi uchun multispektral, giperspektral, stereoskopik va turkumlashtirilgan yorug‘lik kameralari hamda LIDAR bilan robotni GPS yordamida qo‘shimcha sozlash mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq