Sun’iy Intellekt o‘smirlarni xavf-xatardan saqlashga yordam beradi
09.10.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ssinsinnatidagi 10ta davlat umumta’lim maktablari o‘quvchi­larining ruhiyatlari, ularning psixik holatlarini o‘rganish uchun yangi mobil ilovalaridan foydalandilar. O‘quvchilardan biri mutaxassis-psixolog bilan suhbatlashganida iPhone uchun ilova sun’iy intellekti suhbatni tahlil qiladi hamda unga asosan mazkur o‘quvchi xatti-harakatini aniqlaydi, — deya ko‘rsatilgan Robotics.ua bergan ma’lumotida.

Hozirgi davrda o‘smirlar xatti-harakati, ularning maqsadlarini tahlil qiluvchi texnologiyalarga talab juda kuchli. Keyingi davrlarda jahonda, 15–24 yoshdagi o‘smir-yoshlar o‘rtasida hatto o‘z joniga qasd qilish erta o‘limning muhim sabablaridan biriga aylangan. Keyingi ikki yil mobaynida Ssinsinnatidagi davlat umumta’lim maktablarida sinovdan o‘tkazilgan texnologiya Bolalar kasalxonasi Tibbiyotda hisoblash mashinalari laboratoriyasi direktori John Pestian tomonidan shahar ilmiy-texnika universiteti bilan hamkor­likda ishlab chiqilgan. «Maktab psixologi o‘quvchi bilan suhbatni boshlab turib, shunchaki ilovani ishga soladi — deydi Pestian. «Ilova suhbatni tinglab, real vaqt rejimida qayta ishlaydi. U agar bolada xavf-xatar alomati sezilsa, klassifikatsiya uchun lingvistik va akustik modellarni izlaydi». Pestian psixolog bilan suhbat yozilgan audiofayllardan suitsidal maqsadlar signalini aniqlovchi turli kompyuter tizimlarini yaratish uchun chuqur bilimlarga asoslandi. Masalan, yirik tadqiqotlardan birida suitsidal maqsadga ega va boshqa ruhiy kasalliklarga duchor bo‘lgan turli odamlar uchun mashina vositasida o‘qitish usulidan foylalanilgan.

Ayrim o‘quvchilar haqiqatdan ham juda kam holatda «umid-ishonch» so‘zlarini qo‘llaganlar, ko‘proq xo‘rsingan va kamdan-kam chuqur nafas olib, ko‘proq kulganliklari shundan guvoh beradi. 60 nafar o‘smir o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqotda mashina o‘qitish dasturi suitsidal maqsadi mavjud bo‘lgan o‘smirlar nutqla­rida ko‘pincha birinchi shaxs («men», «mening», «meniki») olmoshidan foydalanishlarini, bu holat esa bolaning faqat o‘ziga tayanishini ko‘rsatadi. Bola ko‘pincha o‘tgan zamon fe’lida gapi­rib, rozilik ma’nosini anglatuvchi («roziman», «mayli», «ha») so‘zlarni deyarli ishlatmasligi aniqlandi. Shuningdek, bunday bolalar o‘z suhbatdoshlari so‘zlarini bo‘lib, gaplari orasida uzoq sukut saqlashlari, jim turishlari yoki suhbatda ovozlarini pasaytirishlari ham aniqlandi.

Pestian barcha suhbatni tahlil qilib, Spreading Activation Mobile (SAM) deb nomlagan ilovasini ishlab chiqdi. Shunga o‘xshash shifokorlar ham organizmda nimalar sodir bo‘layotganligining ko‘rsatkichi sifatida biomarkerlarni izlaydilar, Pestian shifokorlarga shu madsadda aql va idrokni tushunishni ta’minlaydigan «fikrlar markeri» katta yordam berishi mumkin deb hisoblaydi. U bu borada tadqiqotlarini va eng samarali tafakkur markerlarini izlashni davom ettirmoqda. «So‘zlarda variatsiyalar miqdori hisobga olinadi», — deydi tadqiqotchi. — «Men hali ham akustik markerlarning muhimligi haqida o‘ylayman». Ssinsinnatidagi davlat umumta’lim maktablarida mazkur ilova avtonom qo‘llanma bo‘lib qolmaydi. Pestian jamoasi xatti-harakatlarida xavf sezilgan bolalarni tibbiy parvarishlash rejasini ta’minlah uchun psixologlar bilan birga ishlaydi. Zarur choralar sifatida ota-onalar bilan muloqot yoki yordam uchun tezkor liniyani kiritish mumkin. «Siz bunday xavf-xatarni aniqlab, uni shunchaki qoldira olmaysiz», — deydi Pestian. — «Bu sohada yana axloqiy mas’uliyat mavjud: agar shunday xususiyatga ega bolani aniqlagan bo‘lsangiz, unga g‘amxo‘lik qilishingiz shart».

Shuningdek, Pestian xavfni aniqlashda videodan ham foydala­nish zarur deb hisoblaydi. Mazkur tadqiqotga ko‘ra, suitsidal xusu­siyatga ega bolalardagi ko‘rsatkichlardan biri ularda ko‘z atrofidagi mushaklar namoyon etiladigan samimiy tabassum juda kam uchraydi. Biroq mazkur videodagi jarayonlardan foydalanib, xulosa chiqarish qiyin, deydi u. «Shifokorlar bemor yuziga videokamerani sozlashni istamaydilar, — ta’kidlaydi u, — «sababi bu unig g‘ashiga tegishi mumkin». Pestian bolalar ruhiy salomatligini aniqlashga yordam beruvchi SAM ilovasi bu sohadagi boshqa tadqiqotchilarga turtki bo‘lib, shunday raqamli moslamalar ishlab chiqishga undashidan umid qiladi. «Hozirgi davrda barcha mum­kin bo‘lgan ajoyib texnologiyalar mavjud, ular inson tanasida nimalar sodir bo‘layotganini bilib, shifokorlarga yordam ber­moqda. Biroq psixiatrlarning qandaydir kabinetiga kirsangiz, unda shunchaki o‘rindiq (kushetka)nigina ko‘rasiz», — deydi u. «Mutaxasisslar o‘z faoliyatlarida, albatta, qandaydir tibbiy anjomlardan foydalanishlari shart».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq