SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI: masofaviy video va audio tibbiy maslahat tizimi uzviy ishlamoqda
09.10.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Ma’lumki, so‘nggi paytlarda davlat va jamiyat boshqaruvida axborot texnologiyalarining o‘rni oshib, AKT rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Bugun har bir sohada innovatsion yechimlarni joriy qilish, aholiga interaktiv xizmat ko‘rsatish zamon talabiga aylangan. Bu esa o‘z navbatida, barcha sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimiga ham bevosita taalluqlidir.

Ayni paytda mazkur tizimning har bir tarkibi to‘liq axborot texnologiyalari bilan qamrab olingan bo‘lib, ular yordamida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda ko‘plab yangi yo‘nalishlar joriy qilinmoqda. Xususan, tele-tibbiyot, videokonferensiyali aloqa va masofaviy ta’lim bazasining yaratilgani bemorlarning zamonaviy texnikalar yordamida uzoq masofadan turib, malakali shifokorlar ko‘rigidan o‘tish imkonini bermoqda.

Ushbu yo‘nalishning qulayligi shundaki, uning yordamida bemorlar uzoq masofadan turib, moddiy mablag‘larini tejagan holda malakali shifokorlardan o‘z vaqtida kasalliklari bo‘yicha sifatli va ishonchli maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, teletibbiyot, videokonferensiyali aloqa va masofaviy ta’lim bazasi yordamida sog‘liqi saqlash tizimini yangilash, uni bozor talablariga monand moslashtirish, strategik muhim topshiriq sifatida yangi menejmentda zamonaviy kompyuter-texnologiyalaridan foydalanishda ham qo‘llash mumkin.

Ushbu tizim yagona ko‘pvazifali tarmoqning bir qismi bo‘lib, masofaviy ta’lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining bo‘limlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi. Yaratilgan tizimning yana bir muhim jihati shundaki, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida vazirlik markaziy apparat boshliqlari va o‘rinbosarlari, sog‘liqni saqlash boshqarmalari hamda hududdiy bo‘limlar kundalik ish faoliyatida sog‘liqni saqlash vazirligi korparativ portali yordamida va veb-kameralar ko‘magida masofaviy konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazishlari mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1989-son Qaroriga muvofiq, mazkur tizimning ijrosini quyi boshqaruv organlar rahbarlari boshqaruvi ostida va sog‘liqni saqlash muassasalari hisobidan masofaviy boshqaruvga daxldor ma’lumotlar ayirboshlash bo‘yicha taftish qilish huquqiga ega hisoblanadi.

Yagona ko‘pvazifali tarmoqni yaratish natijasida quyidagilar erishiladi:

–Tezkor aloqa va video, audio, konferensiya ko‘rinishidagi hamkorlik o‘sadi, shuningdek, vazirlikning korperativ tarmog‘ini ishlatish bilan uning xavfsizligi va konfidensialligi ta’milanadi.

– Yetakchi ilmiy va ta’limiy tibbiy olimlar bilan videokonferensiyalar olib borish, sog‘liqni saqlash tizimdagi tashkilotlar bilan sohaga daxldor masalalar yuzasidan bahs va munozara o‘tkazish, vaziyatni tezkor tahlil qilish va xulosa chiqarish imkonini beradi.

– Audiovizual qo‘llab-quvvatlash murakkab klinik masalalarda tezkor qarorlar qabul qilish, favqulodda holatlarda yordam berishni ham o‘z ichiga oladi.

– Respublikada sohaning boshqaruv tizimida tezkorlikni oshiradi.

– Qimmatli ma’lumotni sog‘liqni sag‘lash muassasalariga etib borishini ta’minlaydi. Shuningdek, video, ovoz, elektron hujjatlarini o‘z vaqtda etib borishiga erishiladi.

– Sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘rtasida aloqani yaxshilash hamda vaqtdan samarali foydalanish imkoniyatini beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq