NRI Startup India startaplarni Global Startup Challenge 2017: Fintech tanloviga taklif etmoqda
09.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekiston axborot texnologiyalari kompaniyalari va startaplari Global Startup Challenge 2017: Fintech tanlovida ishtirok etish va $1 mln. mablag‘ yutib olish imkoniyatiga egalar.

NRI Startup India kompaniyasi Global Startup Challenge 2017: Fintech tanloviga arizalar qabul qilishni boshladi. Tanlov dunyoning 26 hududida o’tkaziladi (192 mamlakat orasida).

O‘zbekiston Global Startup Challenge 2017: Fintech Istanbul hududidagi tanlovda ishtirok etadi.
Tanlovga startaplar o‘zlarining fintex sohasidagi ishlanmalarini taqdim etishlari kerak, jumladan, blokcheyn, to‘lov tizimlari va mobil banking, terminallar uchun dasturiy ta’minot, xavfsizlik va biometrika, avtorizatsiya, aktivlarni boshqarish, IoT, big data va boshqa yo‘nalishlarda.

Global Startup Challenge 2017: Fintech tanloviga arizalar 2017 yilning 11 noyabriga qadar qabul qilinadi. Tanlov shartlari bilan Global Startup Challenge 2017: Fintech rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq