Britaniyada hosil faqat robotlar vositasida yig‘ib olindi
09.10.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Qishloq xo‘jaligi robot-texnikasi uchun katta muhit bo‘lib hisob­lanadi. Traktorlar dastlabki tijorat avtonom transport vositalaridan biri bo‘lib hisoblanadi, bundan tashqari, datchiklar bilan ji­hozlangan uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalar bozori ham mavjud, ular fermerlarga o‘simliklarni parvarishlash bo‘yicha asosli qaror qabul qilishda yordam beradi. Biroq ko‘plab vazifalar hali-xanuz odamlar tomonidan bajarilmoqda.

Bu tong-sahar chog‘i tu­rib, doimiy tuproqda mehnat qilishdek ko‘plab og‘ir ishlar bo‘lib, ularni allaqachon avtomatlashtirish zarur edi. Xarper Adams universiteti muhandislari fermerlar mehnatini avtonomlashtirish g‘oyasiga juda jiddiy yondashdilar va ular allaqachon sinov tariqasida, dala maydoniga arpa sepib, parvarishlab, hosilini yig‘ib olishga ulgurdilar, bunda faqat avtonom transport vositalaridan va uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmalardan foydalanildi, deb ma’lumot berilgan — Robotics.ua manbasida.

Hands Free Hectare kompaniyasi uchun loyiha vaqtida maydonga birorta ham inson qadami qo‘yilmadi. Quyidagi barcha jara­yonlar to‘liq avtomatlashtirildi:

  • Arpa urug‘ini ma’lum chuqurlikka tushishi hamda o‘simlik oralig‘i e’tiborga olinib, sepish uchun avtonom traktor yordamida yer tekislandi;
  • zarur bo‘lganida fungitsidlar, gerbitsid va og‘it solindi;
  • avtonom kombayn yordamida arpa hosili yig‘ib olindi.
  • ish vaqtida muhandislar robotlar solishi zarur bo‘lgan pestitsidlar, gerbitsidlar va og‘itlar miqdori va tarkibini, shuningdek, hosilni yetilganligi holatiga ko‘ra, yig‘ib olish muddatini nazorat qildi­lar. Mazkur qarorlarni qabul qilish uchun robot-kuzatuvchilar (uchuvchisiz parvoz qiluvchi qurilmaar va yerda harakatlanuvchi mashinalar) tomonidan vaqti-vaqti bilan maydon kuzatilib, nazorat qilindi va natijalarni planshetlar ekraniga jo‘natib turildi.
  • hosilni yig‘ish bir necha kunda amalga oshirildi, shundan keyin yig‘ib olingan hosil namunalari yetishib pishganligi, iste’molga tayyorligi tasdiqlandi. Dastlabki sinov videosi namoyish etildi. Hosil jami olti soatga yaqin vaqt mobaynida yig‘ib olindi. Hammasi bo‘lib, jami gektaridan 4,5 tonna arpa yig‘ib olindi. Umumiy xarajatlar budjeti 250 ming AQSH dollarini tashkil etdi. Asosiy summa uchuvchisiz parvoz qiluvchi texnika qurilmasiga sarflandi, shu sababli kelasi yil hosilni yig‘ish tannarxi ancha qisqaradi. Bundan tashqari, kelgusida robotlar ish kuchi uchun xarajatlarni qisqartiradi. Fermerlar qishloq xo‘jaligini to‘liq avtonom transport vositasi bilan va yuqori aniqlikni ta’minlash evaziga qo‘l mehnatini robotlashtirishi, mexanik ish jarayonini yengillatish orqali xarajatlarning tejalishiga erishdilar. Kunduzgi yorug‘likka zarurat sezmagan holda dala maydonidagi barcha jarayonlar­ning nazorati uchun insonning ishtirokidan kam foydalanib, robotlar faol ish yuritdi. Robotlar faqat hozirgi kunlarda ancha arzonlashib, samaradorligi ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi sohasida an’anaviy usullar o‘rniga umumiy ish hajmida ham va alohida jarayonlarda ham avtonom robotlardan foydalanilib, ish jarayonlarini to‘liq qamrab olish mumkin degan ishonch paydo bo‘ldi. Kichik mobil robot yoki taqsimlanuvchi sensorli tizimlar tomonidan o‘simliklarni, doimiy ravishda, nazorat qila oladi. Mazkur tizimlar ishchi-xodimlarga qishloq xo‘jaligi maydonlarini kimyoviy qayta ishlash bo‘yicha tavsiyalar ham taqdim eta oladigan bo‘lishi ustida ish olib borilmoqda.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq