«ALOQA» Tarmoq orqali tezkor xabar almashish dasturi ro’yxatdan o’tkazildi
08.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«TECHNOUNIT- GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan «ALOQA» tarmoq orqali tezkor xabar almashish dasturi ishlab chiqildi.

Ushbu dastur ochiq kutubxonalar va ma’lumotlar protokollari yordamida yaratilgan hamda parametrlarga bog’liq ravishda internet orqali bog’lanish uchun yoki tashkilotning ichki tarmog’ida tezkor xabar almashishda qattiq himoyalangan messenjer sifatida foydalanilishi mumkin.

Dastur tarkibi matnli xabarlar bilan tezkor almashish moduli, SIP protokoli bo’yicha ovozli aloqa moduli, R2R fayl almashish moduli, TLS shifrlash moduli, ish stolini namoyish qilish moduli, konferensiyalar moduli, xabarlarni guruhlarga jo’natish moduli, interfeys tilini o’zgartirish moduli (rus/o’zbek/ingliz) vaActive Directory (LDAP) o’zaro bog’lanish modulidan iborat.

Mualliflar Musyaev Ruslan, Navruzov Kuldash va Nagai Daniillarga ushbu dastur uchun DGU 04613 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq