Xorijga jo‘natiladigan posilkalarning og‘irligi o‘zgartirildi
05.10.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” AJ 1994 yildan boshlab Butunjahon pochta ittifoqining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi, shunga asosan barcha davlatlar bilan xalqaro pochta alamashinuvlarini amalga oshirib keladi.

Ma’lumki, shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kg gacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi. Endi esa mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 30 kg gacha oshirildi. Mijozlar joriy yilning 5 oktyabridan boshlab 30 kg gacha bo‘lgan xalqaro posilkalar yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Xalqaro posilka jo‘natmalariga o‘rnatilgan tariflar bilan “O‘zbekiston pochtasi” AJ sayti (www.pochta.uz) da tanishish mumkin.
Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq