Huawei — O’zbekiston yoshlarining tanlovi
26.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

ICTWEEK 2017 haftaligiga yakun yasar ekanmiz, bu yil ham, xuddi o’tgan yilgidek, Huawei kompaniyasi haftalikning barcha yo’nalishida faol ishtirok etdi, deb ayta olamiz. Ayniqsa, kompaniya spikerlarining IKT sammitida ishtirokini ta’kidlab o’tish lozim. Tadbirda asosiy e’tibor raqamli axborot mavzusiga qaratildi. “Huawei Technologies” ning bosh texnik direktori Pol Skenlen Singapur davlati tajribasiin misol qilib keltirdi. U yerda axborot texnologiyalari yordamia katta iqtisodiyo o’sish va ijtimoiy farovonlikka erishildi.

«Beltelekom» kompaniyasi texnik direktori Vadim Shaybakov keng polosali internetga kirish yordamida davlat xizmatlarining rivojlanishin haqida gapirib berdi. Hammaga ma’lumki, buguni kunda Belorussiyada texnologik park yaratilgan bo’lib, unda milliy ishlab chiquvchilar o’z startaplari bilan chiqish qiladi va AKT sohasiga xalqaro investorlarni jalb etgan holda mamlakat iqtisodiyotiga salmoqli hissa qo’shadi.

Taqdimot davomida kompaniya mutaxassislari dolzarb va amaliy misollarni keltirib, ularda Huawei o’z g’oyalari yordamida u yoki bu mamlakatning telekommunikatsiya va AKT infratuzilmasini yaxshilashga yordam bergan.

«Kompaniyamiz doim AKT bozorini rivojlantirish masalasiga keng yondoshadi va mijozlarga o’zining eng yangi texnlogiyalari va g’oyalarini taklif etadi. Hamkorlarimiz bilan birgalikda biz yakdillik g’oyasini yagona ekotizim tomon olg’a suramiz. Unda bozorning har bir ishtirkochisi o’z hissasini qo’shishni va foyda kiritishni istaydi. Bugungi kunda biz «Aqlli uy», «Xavfsiz shahar», «Raqamli transformatsiya» va «Elektron hukumatni rivojlantirish» loyihalarini faol tarzda ilgari surmoqdamiz. U yerda bizning tajribamiz mamlakatning davlat idoralari uchun AKT sohasiin samaraliroq rivojlantirish va aholiga ko’rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilashga yaxshi turtki bo’lib xizmat qilish mumkin», — deya ta’kidladi Huawei kompaniyasining O’zbekistondagi bosh direktori Van Pen.

“ICT Sammiti” Huawei kompaniyasi asosiy e’tiborni qaratgan bir nechta maqsadlar uchun yaxshi omil bo’lib xizmat qildi. Bular: a) potensial mijozlar va hamkorlar bilan muloqot maydoni; b) kompaniya taqdim etgan mahsulotlar yoki infratuzilmaga joriy etadigan loyihalari bo’yicha fikr almashish; v) “muammoni qanday qilib hal etish kerak”, “loyihani qaday qilib amalga oshirigsh kerak”, “vaqt va mablag’ni qanday qilib tejash kerak” kabi savollarga javob berish.

Bundan tashqari, «ICTEXPO 2017» ko’rgazmasida Huawei O’zbekiston bozorida sotishni boshlayotgan ikki turdagi smartfonlarni taqdim etdi. Bular «Huawei P10» va «Honor 6 C» modellaridir.

«O’tgan yili kompaniyamiz «Yilning eng innovatsiyaviy brendi» sifatida e’tirof etildi. Bundan tashqari, 2016 yildagi ko’rgazmada aksiyalar va taqdimotlarning soni bo’yicha Huawei stendi “ICT Expodagi eng ko’p tashrif buyurilgan stend” maqomiga ega bo’ldi. Bu yil biz masalaga boshqacha yondoshdik va smartfonlarimiz sifatiga e’tiborni qaratdik, aniqrog’i, P10 va Honor modellarining foto sifatini ilgari surdik. Biz kichik foto-studiyani yaratdik. Unda smartfonlarimiz yordamida professional va sifatli portretni yaratish imkoniyati paydo bo’ldi. U zamonaviy trendlarni kuzatib borayotgan va smartfonlarning kameralari sifatiga alohida e’tibor qaratilgan ko’plab yoshlarni o’ziga jalb etdi.
Bundan tashqari, stendimizga Ravshan Ermatovning o’zi, kompaniyamizning O’zbekistondagi brend-ambassadori tashrif buyurdi. Uning yordamida biz stendimizga tashrif buyurganlar uchun smartfonlar va qimmatbaho sovrinlar yutuqqa qo’yilgan o’yinlarni o’tkazdik. Natijada brendimiz “Yoshlar tanlovi” nominatsiyasida g’olib chiqdi va bu holat biz uchun katta sharaf bo’lib, zimmamizga brendimiz kelajakda O’zbekistonda yoshlarining manfaatlari va rivojlanishiga sinchkovlik bilan e’tiborni qaratib borishi bo’yicha katta mas’uliyat yuklaydi», — deya izoh berdi O’zbekistondagi Huawei kompaniyasining korporativ kommunikatsiyalar departamenti rahbari Davron Azizov.

Kompaniya ko’rgazmada jami turli narx segmentidagi 10 ta smartfon va 100 ga yaqin Huawei kompaniyasining brendi tushirilgan selfi-tayoqchalar va krujkalar kabi qimmatbaho sovg’alarni yutuqqa qo’ydi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq