«Hamkor jurnalist» tanlovi g‘oliblari taqdirlandilar
23.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Shu yilning aprel oyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan jurnalistlar o‘rtasida «Hamkor jurnalist» tanlovi e’lon qilingan edi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga bag‘ishlangan media materiallarni ko‘paytirish orqali jamiyatimizda axborotlashtirish, “elektron hukumat”, telekommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning fuqarolar hayoti va turmush tarzini qulaylashtirishdagi ahamiyatini keng targ‘ib qilish, aholining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish mazkur tanlovning maqsad-vazifalari qatoriga kiradi. Shu vaqtga qadar tanlovda ishtirok etish uchun 150 dan ziyod ishlar qabul qilindi.
22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan ICTWEEK Uzbekistan 2017 an’anaviy AKT haftaligining yopilish marosimida tanlov g‘oliblari e’lon qilindi. Unga ko‘ra quyidagi eng faol hamkor jurnalistlar g‘oliblar safidan o‘rin egalladilar.

Televideniye
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining televideniye yo‘nalishida Nozima Muratova “Uzreport” telekanalidagi “Digital evolution” ko‘rsatuvi uchun 1-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining televideniye yo‘nalishida Mohinur Imomova “Dunyo bo‘ylab” telekanalidagi “Tafsilot” dasturida tayyorlagan turkum ko‘rsatuvlari uchun 2-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining televideniye yo‘nalishida Nozima Malikova “O‘zbekiston” telekanalining “Assalom, O‘zbekiston” dasturida tayyorlagan eng yaxshi suhbat-intervyulari uchun 3-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Radio 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining radio yo‘nalishida Nodira Maksudova “Grand” radiosi uchun tayyorlagan eng yaxshi materiallari uchun 1-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining radio yo‘nalishida Umida Boyzoqova “O‘zbekiston” va “O‘zbekiston-24” radiokanallari uchun tayyorlagan eng yaxshi materiallari uchun 2-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Rag‘batlantiruvchi 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini uzoq yillardan buyon OAV da faol yoritib kelayotgan taniqli fotograf Sergey Nasledov xizmatlari uchun “Rag‘batlantiruvchi mukofot” bilan taqdirlandi.

Bosma OAV 
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining bosma OAV yo‘nalishida Nargiza Umarova “Turkiston” va “Yoshlar ovozi” gazetalari uchun tayyorlagan eng yaxshi materiallari uchun 1-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining bosma OAV yo‘nalishida Muxammad Qarshiboyev “Pravda Vostoka” gazetasida e’lon qilgan tahliliy-informatsion maqolalari uchun 2-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining bosma OAV yo‘nalishida Nurmuhammad Muhammadiyev “Ma’naviyat gulshani” (Surxondaryo viloyati) gazetasida e’lon qilgan, AKT ning hududlarda rivojlanishiga oid tahliliy-tanqidiy maqolalari uchun 3-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

ELEKTRON OAV
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining elektron OAV yo‘nalishida Nataliya Shulepina www.nuz.uz, www.sreda.uz nashrlarida e’lon qilgan eng yaxshi mualliflik maqolalari uchun 1-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining elektron OAV yo‘nalishida WWW.KUN.UZ nashri AKT ga oid tezkor yangiliklarni yoritishda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan o‘rnatgan yaqin hamkorligi uchun 2-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida eng yaxshi jurnalistik ishlar uchun “Hamkor jurnalist” tanlovining elektron OAV yo‘nalishida Roman Bondarchuk O‘zbekiston milliy axborot agentligida yoritilgan tahliliy maqolalari, mutaxassislar ishtirokidagi suhbatlar uchun 3-o‘rin g‘olibligi bilan taqdirlandi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq