O’zbek populyasiyasidagi qandli diabet 2-turida proliferativ DR xavfi kalkulyatori
19.09.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O’zbekiston Respublikasi Sog’likni saqlash vazirligi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bir qator mutaxassislari o’zbek aholisining qandli diabet (QD) 2 turida proliferativ diabetik retinopatiyani (DR) rivojlanish xavfini hisoblash uchun mo’ljallangan dastur yaratdilar.
Dastur qandli diabetning davom etish muddati, genotip, glikirlashgan gemoglabin, arterial gipertoniya, dislipidemiya, tana og’irligi indeksi, nefropatiya, yurak-qon tomir kasalliklari, chekish, yoshi, proliferativ bo’lmagan retinopatiya, ballar hisoblab chiqish; proliferativ retinopatiyaning yuzaga kelishi xavfi shkalasi, hamda tavsiyalar chiqarish kabi vazifalarni bajarilishini ta’minlaydi.
Olingan ma’lumotlar qandli diabet (QD) 2 da proliferativ DR kasalligini boshlanishida oldini olish uchun qo’llanishi mumkin. Kalkulyator shifokorning ishlarini yengillashtiradi hamda o’zbek xalqining qandli diabet 2-turida proliferativ (DR) dia-betik retinopatiyani erta tashhislashga yordam beradi. Ushbu dastur endokrinologiyada qo’llanadi hamda endokrinologiyaga ixtisoslashgan davolash-oldini olish muassasalari shifokorlari foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
Tibbiyot markazi mutaxassislari tomonidan yaratilgan dastur uchun DGU 04577 raqamli guvohnoma berildi.