Ravshan Ermatov P10 ni tanlaydi
13.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Bir necha karra futbol bo’yicha “Osiyoning eng yaxshi hakami” deb tan olingan Ravshan Ermatov bu yil o’zining 40 yoshli yubileyini nishonladi. Yoshiga qaramay, taniqli sportchi kuch-quvvatga to’lgan va 2018 yilda Rossiyada bo’lib o’tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rmoqda.

Ma’lumki, Ravshan Ermatov «Huawei» kompaniyasining O’zbekistondagi rasmiy qiyofasi — «brend-ambassadori» hisoblanadi hamda ijtimoiy va tijoriy reklamalarda eng yangi smartfonlar modellarini namoyish etadi. O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi va referining yubileyi munosabati bilan Ravshan Ermatovga kompaniyannig eng yangi flagmani «Huawei-P10» smartfoni va «Talk Band B3» gadjeti topshirildi.

“Huawei mahsulotlarining dizayni va sifati yildan yilga takomillashib bormoqda. Misol uchun, “Huawei Watch” soatidan foydalanish men uchun kunimni rejalashtirish va mashg’ulotlari o’tkazishda qulaylik yaratadi. Kompaniyaning smartfonini esa butun oilamiz yoqtirib qoldi. Bu yerda gap kompaniya qiyofasi ekanligimda ham emas. Shunchaki, mahsulotning o’zi juda yaxshidir. O’tgan yili, kompaniya menga P9 ni sovg’a qilganidan keyin shunday apparatni turmush o’rtog’im uchun ham sotib olishimga to’g’ri keldi, chunki undan foydalanish ancha qulay ham yoqimli. Ayniqsa, uning yuqori sifatli video va fotosuratlarni tasvirga olish imkoniyatini beradigan ikkitalik kamerasini ta’kidlab o’tish lozim. Xalqaro o’yinlarda ishlagan paytimda men bir necha marotaba «Huawei» smartfonidan foydalangan holda o’yinlarning videotakrorlari va yozuvlarini kuzatganimda hamkasblarim uning sifatiga qoyil qolgandi” – deya ta’kidladi Ravshan Ermatov.

Ta’kidlash lozimki, bu yil P10 smartfoni jamoatchilikka cho’ntakdagi o’ziga xos foto-studiya sifatida taqdim etilgandi. Huawei ixtirochilari va mutaxassislari “Leica” kompaniyasidagi hamkasblari bilan birgalikda ushbu modelni yaratishga alohida ishtiyoq va nafislik bilan yondoshdi.

Ta’kidlanishicha, smartfon maxsus qoplamaga ega bo’lib, unda barmoq izlari deyarli qolmaydi va ustki qismining qirilishidan himoyalangan. Ranglar gammasi uning alohida jihatidir. U Pantone kompaniyai bilan birgalikda tanlandi. Kompaniya o’z vaqtida poligrafiya uchun shu nomdagi ranglarni identifikatsiyalash tizimini yaratgandi.

Apparat platformasiga kelsak, u kutilganidek, rejali takomillashtirildi. Huawei P10 da sakkiz yadroli bir kristalli HiSilicon Kirin 960 (4 × Cortex-A73 + 4 × Cortex-A53, GPU Mali-G71MP8) protsessori o’rnatilgan. 64 Gb li xotira manbai mavjud. Bundan tashqari, Huawei P10 Plus modelida kompaniya tomonidan ma’lumotlarni 600 Mbit/s gacha tezlikda yuklaydigan 4.5G LTE tizimi qo’llangan.

«Biz do’stlarimiz va xamkorlarimizga eng ilg’or flagman telefonini taqdim etishdan doim mamnunmiz. Aminmanki, Ravshan Ermaov mazkur telefon modelidan foydlalanar ekan, foto va videomateriallardan katta zafq oladi, chunki P10 apparatida 1920 × 1080 nuqtali 2560 × 1440 pikselni aks ettiruvchi 5,1-dyuymli matritsa o’rnatilgan. Shu tariqa, P10 Plus apparati P turkumining QuadHD ekrani bilan jihozlangan birinchi vakiliga aylandi. Ikkala modelning himoya oynasi Gorilla Glass5 markirovkasi va hozirda rusm bo’lgan 2.5D-dizaynga ega», — deya izoh berdi Huawei ning O’zbekistondagi bosh direktori Van Pen, yangi modelni Osiyoning eng yaxshi referisiga topshirar ekan.

O’zbekiston futbolchilarining jahon chempionati saralash musobaqasida muvaffaqiyatsiz ishtirok etganiga qaramay, O’zbekiston vakili baribir Rossiyada bo’lishi mamlakat uchun katta faxrdir. Umid qilamizki, Ravshan Ermatov o’zining adolatli hakamligi bilan yanada ko’proq muxlislariga ega bo’ladi va Huawei smartfoni uning har bir g’alabasida doim hamrohlik qiladi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq