Samarqandda radioaloqa texnologiyalaridan foydalanish masalalari muhokama qilinmoqda
12.09.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

Samarqand shahrida 11 — 15 sentyabr kunlari Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti tarkibiga kiruvchi, Radiochastota spektrini boshqarish, Radiouzatish bo‘yicha, shuningdek Radioaloqa assambleyasiga va Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining Butunjahon radioaloqa anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruhlarining yig‘ishilish o‘z ishini boshladi.

Tadbirda Ozarboyjon, Armaniston, Belorusiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va yurtimizdan, shu bilan birga, Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti ijrochi qo‘mitasi, Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi, Xalqaro radiohavaskorlar kengashi, GSM (Global System for Mobile Communications) mobil aloqa assotsiatsiyasi hamda boshqa muassasalarning 80 ziyod mutaxassislari ishtirok etishmoqda.

Muhokamalarda radiochastota polosalarini ajratish, IoT — «internet buyumlari» texnologiyasini rivojlantirish, radionavigatsion sun’iy yo’ldoshli xizmatlarni xalaqitlarsiz ishlashini ta’minlash, radiochastota biriktirishlarini o’zaro chegaradosh davlatlar bilan muvofiqlashtirish, radiochastota biriktirishlarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish, radiochastota spektridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish kabi mavzular o’rganildi.

Shunigdek, yer usti raqamli televizion va ovozli uzatish texnologiyalarining joriy qilinishi, bu yo’nalishda maqsadli loyihalarni amalga oshirish, raqamli televideniye qamrovini kengaytirishda elektromagnit moslashuvchanlik jihatlarini, zarur chastota resurslarini muvofiqlashtirish masalalari yaqindan o’rganildi.

Mintaqaviy hamkorlik doirasida ishtirokchilar Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining 2019 yilda bo’lib o’tadigan Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining anjumanidagi dastlabki nuqtai nazari hamda ko’tarib chiqadigan masalalar, Radioreglamnet bo’yicha qo’mitaning faoliyatiga oid ma’lumotlar kelishib olinadi.

Ishchi guruh yig’ilishi yakunlari bo’yicha qabul qilingan qaror aloqa boshqaruvi faoliyati, shuningdek telekommunikatsiya operatorlari tomonindan qabul qilinadi, shuningdek Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotiga a’zo davlatlarning radiochastota spektrlaridan foydalanish bo’yicha huquqlarining xalqaro miqyosida himoya qilinishiga xizmat qiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq