«O’zbekiston pochtasi» AJ “Xalqaro tezkor pochta” filiali EMS Uzbekistan 5 sentabrdan boshlab pochta jo’natmalari xizmatlarini milliy valyutada qabul qiladi
11.09.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Ems Uzbekistan – O’zbekistonning xalqaro tezkor pochta xizmati «O’zbekiston pochtasi» AJ «Xalqaro tezkor pochta» filiali 5 sentabrdan boshlab pochta aloqasi xizmatlari, shu jumladan, xalqaro tezkor jo’natmalar uchun to’lovlarni milliy valyutada qabul qiladi. Ushbu tariflar bilan quydagi havola orqali tanishishingiz mumkin www.emspost.uz
Milliy valyutaga o’tish joriy yilning 2-sentabrida e’lon qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha ustuvor chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qaroriga asoslangan. Unga ko’ra O’zbekistonda tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun narxlar va tariflar faqat milliy valyutada belgilanadi.
«O’zbekiston pochtasi» AJning universal pochta xizmatlari, posilkalar, banderollarni, kuryerlik va boshqa xizmatlar ko`rsatilishidagi narxlar o’zgarishsiz qoldirildi va faqat milliy valyutada qabul qilinadi (http://www.emspost.uz/prays).
Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida EMS Uzbekistan xizmatlari «O’zbekiston pochtasi» AJning pochta aloqa bo`limlarida ham ko’rsatiladi.
- « O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Ochiq eshiklar” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
- Audiovizual asarlarni, fonogrammalar va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash, sotish, prokatga berish, shuningdek fonogrammalarni tayyorlash bo’yicha faoliyat turlarini lisenziyalash to’g’risidagi nizomga o’zgartirishlar kiritildi »