«Huawei Connect 2017» sammiti haqida uch asosiy so’z
05.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yaqinda Xitoyda, 5 dan 7 sentyabrgacha Shanxayda, «Huawei Connect 2017» (Huawei birlashtiradi) xalqaro sammiti o’tkaziladi. Ushbu tadbir an’anaviy korporativ yetakchi flagmankonferensiyasi bo’lib, yil sayin jamoatchilik va AKT-tarmog’i ishtirokchilari orasida katta qiziqish uyg’otmoqda.

Birinchi asosiy so’z: texnologik to’plamlarning namoyishi

Huawei kompaniyasi olimlarining fikricha, inson jamiyati axborotdan intellektualgacha evolyutsiyasi jarayonida kommunikatsiya va bulut tushunchalari rivojlangan va madaniyatli jamiyat qurishning muhim jihatiga aylanadi. Shu maqsadda joriy yilning mart oyida Huawei yangi Cloud BU bo’linmasini ta’sis etdi.

«Huawei Connect 2017» konferensiyasida Cloud BU bir qator yangi mahsulotlar va xizmatlarini namoyish qiladi. Mazkur bo’linma qisqa muddatda tashkil etilganiga qaramay, Huawei ushbu bozorga chiqqan birinchi xitoy korxonalaridan biri hisoblanadi. Bundan 10 yil avvaloq kompaniyada bulutli hisoblashni virtuallashtirishni o’rganuvchi bo’lim tashkil etilgandi. Shu vaqt mobaynida mijozlarga xizmat ko’rsatish jarayonida Huawei bulutli hisoblash sohasida ko’plab ijobiy natijalar va tajriba to’pladi.

«Sammit faoliyati doirasida Cloud BU o’z texnologik bazasi, ishlanmalari va hamkorlar bilan birgalikda erishilgan yutuqlarini namoyish etadi”, — deydi «Huawei Cloud BU» vitse-prezidenti, janob Chjen Dyanxay matbuot anjumanlaridan biridagi chiqishida.

Uning aytishicha, bu konferensiyada «Huawei Cloud BU» korporativ mijozlarga mo’ljallangan va 2.0 versiyadagi dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda yaxshi tanish bo’lgan sun’iy idrok (AI)dan foydalanuvchi bulutli servisini ilk bora taqdim etadi.

Shuningdek, intellektual mahsulotlardan tashqari Huawei turli servis xizmatlari, jumladan, doimiy e’tiborga loyiq innovatsion bulutli yechimlarni ham namoyish etadi. Bu yechimlar eskirgan IT-tizimlardan ommaviy bulutga ravon o’tish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari Huaweining intellektual bulutli apparat platformasi ushbu sammitning bosh sababchisi bo’lmog’i zarur.

«HC-2017» da Huaweining yangi tarmoqli mahsulot lineykasi tarmoq yechimlari seriyasini, shu jumladan raqamli sanoat parki yaratishga qaratilgan CloudCampus, ma’lumotlarni qayta ishlovchi oddiy bulutli markazlar tarmog’ini tashkil qilishga mo’ljallangan CloudFabric, korxonalar o’rtasida tarmoqaro hamkorlikni amalga oshiruvchi yechimlarning yangi avlodi SD-WAN va Wi-Fining keyingi avlodini ham chiqaradi.
“Biz o’z hamkorlarimiz bilan ma’lumotlar oqimining yashovchanligini ko’rsatish uchun ishlaymiz”, — dedi Huawei tarmoqli mahsulotlar lineykasi bo’linmasi vitse-prezidenti Li Syanszyun.

Ikkinchi asosiy so’z: biznes-muammolar yechimi

O’tgan yilgi HC konferensiyasida, Huawei asosiy e’tiborni bulutga oid o’z g’oyalari va qarashlarini tarqatishga jamlagandi, bu safar esa bu g’oyalar va qarashlarni Huawei konkret misollar yordamida qo’llab-quvvatlashga umid qilmoqda.

«O’tgan yili biz bulut konsepsiyasini ilgari surgandik, bu yil – bulutni amalda qo’llash va raqamlashtirish, bulut, IoT va sun’iy idrokni qo’llash orqali biznes muammolarni hal etishga ko’proq e’tibor ajratiladi”, — deya izoh berdi Huawei ning marketing bo’yicha vitse-prezidenti Suo Dayun. O’tgan yili «Why» — “Nimaga” degan savolga javob izlagandik, bu yil esa «What i How» (“Nima va Qanday”) xususida so’z yuritamiz”.

Bu yilgi spikerlar ham turli tuman, ular har xil mamlakatlar hukumatini, moliyaviy korporatsiyalar, ishlab chiqarish sektori, logistika va boshqa sohalar vakillaridir. Shu bilan birga bu yerda ham «Kompaniyalar Top-500»ga kiruvchi, ham kichik va o’rta korxonalar vakillarini ham uchratish mumkin.

Masalan, CEO yoki raqamlashtirish va bulutli hisoblash texnologiyasini qo’llash, katta ma’lumotlar va sun’iy idrok sohalarida sezilarli yutuqlarga erishgan korxonalarning asoschilari so’zga chiqib, o’z bizneslarining tarixi haqida gapirib berishadi. Bular — Pacific Insurance, ABB China, DHL, China Soft International, SkyREC, China Telecom va Ofo kompaniyalaridir.

Ushbu tadbirning ko’lami juda ulkan. Fikr almashish va biznes uchun yangi imkoniyatlar izlash maqsadida HC-2017 da 150 dan ortiq mamlakatlardan 20 ming nafar biznes-yetakchilari, eko-hamkorlar va turli tarmoqlarning rahbarlari uchrashadi.

Konferensiya mavzusi biznes, texnologiyalar va bulutli davrning ekologik strategiyalarini qamrab olgan bo’lib, ular orasida uchta asosiy nutq, oliy darajadagi 6 ta uchrashuv va 140 dan ziyod ma’ruzalar bor.

Ko’rgazma pavilonlarida tashrif buyuruvchilar Microsoft, Intel, SAP, Accenture kabi 400 dan ortiq hamkorlarning mahsulotlari va yechimlarini ko’rishlari mumkin bo’ladi.

Uchinchi asosiy so’z: global hamkorlik uchun platforma yaratish

Telekommunikatsiya tarmog’ining yetakchisi bo’lmish Huawei hech qachon bozorda “yakka qahramon” bo’lmagan. Huawei Connect sammitini o’tkazishdan maqsad – shu sohada hamkorlik qilish uchun global platforma yaratish, AKTning barcha tarmoqlarida mahsuldorlikni va innovatsion potensialni ilgari surish hamda u yoki bu jamiyatning ijtimoiy taraqqiyotiga ko’maklashishdan iborat.

Uch kunlik uchrashuvlar davomida Huawei atayin bir kunni ekologiya mavzusi uchun ajratadi. O’sha vaqtgacha Huawei top-menejerlari Yan Lida va Chjan Shunmao tomoshabinlarni ekologiyani yaratish to’g’risidagi korporativ strategiya bilan tanishtirib bo’ladi, shuningdek, ushbu mavzuga bag’ishlangan bir qator tadbirlar tashkil qilinadi.

Ko’rgazma zalida ekologiya mavzusiga bag’ishlangan alohida ekspozitsiya bor. Unda bulutli yechimlar, OpenLab va tarmoq alyansi stendlari o’rin olgan bo’lib, ularda turli tarmoqlar uchun hayotiy zarur masalalarni yechishning ssenariys i va amaliyoti namoyish qilinadi.

Hamkorlar bilan bir qatorda Huawei ixtirochilarga ham alohida e’tibor qaratadi, ularga atab konferensiyaga tashrif buyurish uchun maxsus yo’l xaritasi tuzilgan.

Ekologik qurilishni mustahkamlash maqsadida Huaweida ekologiyani rivojlantirish va hamkorlar departamenti tashkil etilib, u sheriklar bilan hamkorlikni muvofiqlashtirish va kuchaytirish uchun mas’uldir.

Yaqinda Huawei va China Securities International, shuningdek, Chjubatsze kompaniyasi hamkorlik kelishuvini imzoladi. Kelajakda Huawei hamkorlari davrasi turli yo’nalishdagi yana 10-20 sheriklar bilan to’ladi.

«Huawei xamkorlar bilan munosabatni barqaror rivojlanish asosidagi ochiq va o’zaro manfaatli hamkorlik negizida kuchaytirishga umid qiladi”, — deb ta’kidladi Suo Dayun.

Batafsil ushbu Anjuman to’g’risida: http://www.huawei.com/en/events/huaweiconnect2017/about

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq