AKT vazirligi va Unitel: TATU dunyo OTMlarining TOP-1000ligiga kiritiladi
04.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasini 2017–2021 yillarda rivojlantirish strategiyasi doirasida 30 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda «Unitel» MChJ o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yichaMemorandum imzolandi. Mazkur hujjat O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarini rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirish maqsadida Toshkent axborot texnologiyalari universitetini yanada takomillashtirish bo‘yicha qaror imzolab, ta’lim muassasasiga ulug‘ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomini berdi. TATU buyuk olimimiz nomiga munosib bo‘lishi kerak va ushbu memorandum axborot texnologiyalari sohasida ta’lim darajasini oshirish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirishga qo‘yilgan qadamlardan biri hisoblanadi. Buning uchun AKT vazirligi va universitet tomonidan, o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan tashqari, jahonning mashhur transmilliy telekommunikatsiya kompaniyalari jalb qilinmoqda.

Memorandum doirasida tomonlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida O‘zbekistonda AKT sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilishgan.

Memorandumning amalga oshirilishi TATUni Markaziy Osiyayodagi eng yaxshi ixtisoslashgan OTMga aylantirish imkonini beradi. Bosh maqsad esa – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini 2021 yilga borib dunyoning eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari TOP-1000giga kiritishdan iborat. Biroq buning uchun ulkan va mashaqqatli vazifalarni bajarish lozim.

Hujjat, shuningdek, telekommunikatsiya sohasi, digital va IT-sektorlarni rivojlantirish hamda bu yo‘nalishlarda dunyo standartlari asosida kasbiy malakalarni oshirishda hamkorlik qilishni ko‘zda tutadi.

TATUda ta’limiy dasturlarni aktuallashtirish va ularni jadal rivojlanib borayotgan soha talablariga moslashtirish maqsadida talabalarni o‘qitishda dunyoning yetakchi mutaxassislarini jalb qilish rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq