«Aqlli uy» tizimini boshqarishda dasturiy muhitning roli
03.09.2017
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar, Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Hozirgi davrda texnologiyalar rivojlanishi asosida ko’plab aholi turar-joy binolari avtomatlashtirilmoqda, ya’ni «Aqlli uylar» bunyod etilmoqda. Bugungi kunda «Aqlli uy» tizimini yaratishda havo harorati, namlik darajasi, atmosfera bosimi va yoritilganlik darajasi, uy xavfsizligini ta’minlash darajasi kabi o’rsatkichlarni nazorat qilish texnologiyalaridan keng foydalanib kelinmoqda.
Nazoratni amalga oshirish uchun bir necha turdagi ma’lumot beruvchi qurilmalardan foydalanish talab etiladi. O‘z navbatida, mazkur qurilmalarni birgalikda ishlash jarayonini tashkil etish dolzarb masala bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, qurilmalarni ishlash jarayonini nazorat qilish uchun maxsus bilim va ko‘niklarmaga ega xodimlar jamoasi talab etiladi. Ishchi-xodimning ishini nazorat qilish jarayoni boshqaruv subyektlari uchun qo‘shimcha mas’uliyat yuklaydi. Bu esa tabiiyki, qo‘shimcha moddiy, moliyaviy va inson resurslarini talab etadi.
Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida masofaviy qurilmalar tizimi lozim bo‘lib, u to‘liq avtonom tarzda, inson aralashuvisiz belgilangan hududdagi havo parametrlari, xususan:
- havo harorati va nisbiy namligi, atmosfera bosimi va yoritilganligini aniqlashi;
- aniqlangan ko‘rsatkichlarni foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda va informativlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lishi uchun uni vaqt bilan bog‘liqligini grafik ko‘rinishda taqdim qilishi;
- ko‘rsatkichlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha qurilmalarni avtomatik tarzda, mustaqil ishga tushira olishi hamda elektr manbaidan uzib qo‘yilishini ta’minlashi lozim.
Hozirgi davrda «Aqlli uy»ning zamonaviylashgan, yanada takomillashtirilgan ko‘rinishlari ishlab chiqilmoqda, avtomatlashtirilgan yuqori texnologiya qurilmalari aholi yashashi uchun mo‘ljallangan. Qisqa qilib aytganda, qo‘shimcha hamda maxsus algoritmlar yordamida uyda sodir bo‘layotgan ishlarni bemalol nazoratga oladi. Bunda shuni ham hisobga olish kerakki, bu o‘zgarishlar insonlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Avtomatlashtirilgan rejimda yashovchilar hamda ulardan foydalanuvchilar tashqi va ichki sharoitga moslashgan holda muhandislik tizimi va elektr qurilmalarining ishlashini kuzatib boradi.
Yuqoridagi masalalarni hal etish maqsadida masofaviy qurilmalar tizimi lozim bo‘lib, u to‘liq avtonom tarzda, inson aralashuvisiz belgilangan hududdagi havo ko‘rsatkichlari, xususan:
- havo harorati va nisbiy namligi, atmosfera bosimi va yoritilganligini aniqlashi;
- aniqlangan ko‘rsatkichlarni foydalanuvchi uchun qulay ko‘rinishda va informativlik darajasi o‘ta yuqori bo‘lishi uchun uning vaqt bilan bog‘liqligini grafik ko‘rinishda taqdim qilishi;
- parametrlardan kelib chiqqan holda qo‘shimcha qurilmalarni avtomatik tarzda, mustaqil ishga tushira olishi hamda elektr manbaidan uzib qo‘yilishini ta’minlashi lozim.
Bu sohada «Benuks» tizimidan keng foydalaniladi. «Benuks» — bu ko‘p funksiyali va protokolli tizim bo‘lib, o‘zining qulayligi uchun nazorat va boshqa sohalarda keng qo‘llaniladi. Misol uchun, uydan yoki ofisdan uzoqda bo‘lgani bilan E-mail, ICQ yoki SMS orqali mobil telefonga datchiklar to‘g‘risidagi ma’lumot olish mumkin. Bundan tashqari, oddiy brauzerda videokamera fotokadrlari, harorat grafigi, turli datchiklar holati to‘g‘risida ma’lumot beradi va elektr qurilmalarni boshqaradi. Tizimlarni masofaviy boshqarish internet, ICQ yoki SMS-xabar asosida amalga oshiriladi.Vizual nazorat va boshqarish uchun datchiklar holatini aniqlash tizimidan foydalaniladi. Grafik bo‘limida yuztadan ortiq dizaynlar mavjuddir.
Xulosa qilib aytganda, texnologiyalar taraqqiyoti natijasida kun sayin taqdim etib borilayotgan barcha imkoniyatlar juda katta bilim va mehnat samarasidir. Bu esa biz yoshlardan doimiy izlanish, bilim doirasini kengaytirishga intilishni talab etadi.
Muallif: Halima Abasxanova, TATU katta o‘qituvchisi