«Analogdan» 5Gga qadar va undan keyingi rivojlanish: mobil aloqasining qisqacha tarixi
03.09.2017
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid tarixiy voqealar va qiziqarli ma’lumotlarni hikoya qilishda davom etamiz. Navbatdagi sahifamiz jahonda mobil aloqaning rivojlanish tarixiga bag‘ishlanadi.

1983-yilda Kevin Mitnik 33,5 kbit/s. tezlikda ishlaydigan Pentagon tarmog‘ini modem yordamida buzib kirgan. 2017-yilda Facebook lentasini ko‘rib chiqishda megabitdan kam tezlik juda noqulay bo‘ladi. Bugungi kunda smartfonda internet uydagidan ko‘ra tezroq ishlashi hech kimni hayratga solmaydi. Keling, mobil qurilmasida ma’lumotlarni uzatish jarayoni qanday rivojlanganligi hamda kelajakda bizni qanday tezlik kutayotganligi haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

1G birinchi avlod

Oldidan raqam qo‘yiladigan «G» harfi inglizcha «generation» — simsiz aloqa «avlodi» tushunchasining qisqartirilgan shakli bo‘lib hisoblanadi, masalan, hozirgi davrda keng tarqalgan 4G formati barchaga ma’lum. 1970-yildan boshlab to‘rtta asosiy avlod yaratilgan edi, yaqin kelajakda esa beshinchi avlod­ning guvohi bo‘lamiz. Simsiz ma’lu­motlar uzatishning birinchi avlodini ishlab chiqish o‘tgan asrning 70-yillarida amalga oshirila boshlangandi, 80-yillarga keliboq uch standart: Nordic Mobile Telephone (NMT), American Mobile Phone System (AMPS) va Total Access Communication System (TACS) dan foydalanganlar. Birinchi avlod 1G formatida modem yordamida analogli ma’lu­motlar uzatishda o‘sha davr simsiz aloqa muammosi bo‘lgan shovqinni kamaytirish hamda to‘siqlarni bartaraf etish imkonini bergan. Mazkur kanal orqali qo‘ng‘iroqdan tashqari, boshqa hech bir axborot uzatilmagan, biroq ma’lumotlar uzatish umumiy tez­ligi taxminan 1,9 kbit/s.gacha yetgan. Telefonlar narxi ancha arzonlashgan, biroq bari­bir, oddiy xaridor uchun qimmatlik qilardi.

1G davri mobil telefonlari

1990-yillarda tarmoq foydalanuvchilarining soni butun dunyo bo‘yicha 20 millionga yetgandi. U davrlarda, ayniqsa, tarmoq yetishmovchiligi muammosi mavjud edi: ma’lumotlar uzatish tezligi juda past, turli mamlakatlarda turlicha standartlardan foydalanilardi, qo‘ng‘iroqlar va qurilmalar narxi qimmat edi.

2G: «analog» yoki «raqam»?

O‘tgan asrning 90-yillarida mobil aloqaning ikkinchi avlodi — 2G paydo bo‘ldi. Asosiy yangiligi nazariy va texnologik bazalari o‘tgan asrning 80-yillaridayoq tay­yor­lana boshlangan raqamli texnologiyalardan foydalanishga o‘tish bo‘ldi. Tarmoq rivoj­lanishi ikki standart: Amerikada D-AMPS va Yevropada GSM paydo bo‘ldi. Ikkinchi avlodga hali ham gibrid analogli va raqamli aloqa qolgandi. Aloqaning ancha yaxshi­langani, salohiyatli foydalanuvchilar soni oshgani va boshqa optsiyalardan foyda­lanishda qisqa xabarlar almashish uchun servislar (SMS) paydo bo‘lganiga qaramay, «qo‘ng‘iroq» qilib, so‘ng, masalan, statsionar modem bo‘yicha servisga ulanish zarur edi. Ma’lumotlar uzatish tezligi 14,4 kbit/s.ga o‘sdi.

1997-yilda 2,5G yoki GPRS (General Packet Radio Service) standarti joriy etilgan. GPRS ning asosiy xususiyati paketli ma’lumotlarni uzluksiz va grafik axborotlarni uzatishdan iborat bo‘ldi. Endilikda hech qayerga qo‘ng‘iroq qilish shart bo‘lmay qoldi: qurilma doim internetga ulangan holda bo‘la oladi, bu esa operatorlarga qo‘ng‘i­roqlarni emas, balki bevosita ma’lumot­lar uzatilishini narxlash imkonini berdi. Tezlik 115 kbit/s.gacha oshirildi. Ayrim klassifikatsiyalarda 2,75G deb ataladigan EDGE (Enhanced Data-rates for GSM Evo­lution) texnologiyasi nisbatan istiqbolsiz rivojlanish bo‘lib qoldi. U jiddiy va sifatli o‘zgarishlarni olib kelmadi, biroq ortiqcha uskunalardan foydalanmay, tezlik 384 kbit/s.gacha oshirildi.

3G: ko‘plab imkoniyatlar va SIM-karta

Navbatdagi avlod 3G 2002-yilda paydo bo‘lishi mutloq yangi texnologiyaga o‘tish bilan bog‘liq bo‘ldi. Birinchi navbatda, bu kanallarni (Time Division Multiple Access — TDMA) vaqtincha taqsimlanishi va ko‘plab kanallarni (Code Division Multiple Access — CDMA) kodli taqsimlashdan foydalanish metodiga o‘tishdan iborat bo‘ldi. Bu esa qo‘ng‘iroq vaqtida internetga ulanishning uzilmasligiga imkon berdi.

2G va 3G aloqadan foydalanuvchi qurilmalar taraqqiyoti

Texnologiyalar almashinuvi audio va video, jumladan, oqimli (Stream) axborotlarni uzatishga imkon berdi. Birlashtirish tezligi harakatda 145 kbit/s.gacha tushishiga qaramay, maksimal tezlik 3,6 Mbit/s.ga yetdi. Keyingi 3,5G deb atalgan yangilik 2006–2007 yillarda tarqaldi. HSPA va boshqa turlar standarti tezlikni 42 Mbit/s.gacha rivojlantirdi, ularni ham 4G avlodi deb atash mumkin edi, biroq jarayonga tijorat aralashdi.

4G: 500 marta oshirilgan tezlik

4G avlodi mazmun-mohiyatiga ko‘ra juda erta ma’lum qilindi. Avlodning taqdim etilishi davrida — 2008-yil — statsionar modem tezligi 1 Gbit/s., mobil qurilmalarda esa — 100 Mbit/s. darajasida bo‘lishi kerak deb kutilgandi. Aslida, bir operator bunday tezlikka erisha olmas edi. Bundan tashqari, to‘rtinchi avlod texnologiyasiga HSPA+ standarti kiritilgandi, bu esa ras­man uchinchi avlod ma’lumotlar uzatish texnologiyasiga tegishli edi. Faqat besh yildan keyingina texnologiyalar belgilangan ko‘rsatkichga yaqinlasha boshladi. Bunga LTE (Long Term Evolution) va WiMAX standartlari evaziga erishish mumkin bo‘l­di. Mazkur standartlar zamonaviy tezligi 100 Mbit/s.dan 1 Gbit/s.gacha yetishi mumkin, biroq bu mamlakatlar, shaharlar va tarmoq operatorlari rivojiga juda ham bog‘liq. 4G tarmog‘ida bir necha texnologik o‘zgarishlar amalga oshirildi: tarmoq sig‘imi oshirildi, qurilma trafikka, IPga, turli mamlakatlar standartizatsiyasiga muvofiqlashtirildi. Shu bilan birga, avlod almashtiri­lishi haqida ma’lum qilish yangi qurilma va xizmatlarning sotuviga yo‘naltirilgan juda yaxshi marketing sifatida amalga oshiriladi. Foydalanuvchilar ko‘pincha LTE dan 4 yoki 3G+ ga o‘tishni sezmay qoladilar, sababi deyarli tezlik o‘zgarmaydi, biroq taraqqi­yotdan ortda qolishni ham istamaydilar.

5G — yaqin kelajak texnologiyasi

Oldinda turgan — 5G beshinchi avlod uchun marketing faoliyati yanada qiziqarli bo‘ladi. Agar to‘rtinchi avlod texnologiyasi sifatini oshirishga chiroyli yondashuv mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 5G uchun asoslar hali mavjud emas. Beshinchi avlodga o‘tish uchun tezlikni 200–500 marta oshirish va 10–50 Gbit/s.gacha tezlikka erishish zarur. Tezlik­ning bunday ko‘rsatkichlari uchun apparatlar takomillashuvi ham shart bo‘ladi. Bu beshinchi avlod ma’lumotlarini uzatish uchun juda zarur.

 «Aqlli» antennalar. Zamonaviy tar­moqlar allaqachon qurilma signalini ku­chaytirish uchun bir necha antennadan foydalana oladilar, biroq istalgan o‘tkazish qobiliyati uchun ma’lum bir vazifa va diapazonlarga moslasha olish, shuningdek, yuklamalarga ko‘ra, o‘zaro aloqadorlikda ishlay oladigan ko‘plab antennalarni muvofiqlashtirishga to‘g‘ri keladi.

 Yangi to‘lqinlar. Hozirgi vaqtda 3,5 GGts diapazonidagi to‘lqinlardan foydalanil­moqda, yangi tarmoqni ishga tushirish uchun esa yangi diapazonidagi to‘lqinlardan foydalanishga to‘g‘ri keladi. Vaziyatdan chiqishning variantlaridan biri — o‘nlab gigagerts to‘lqinlardan chiqishdan iborat. Buning uchun signalni uzatishda yangi baza stansiyalari talab etiladi. Operatorlar bunday kuchli baza stansiyalarini sog‘liqqa zarar yetkaz­maydigan qilib, qanday quradilar, bu hozircha ma’lum emas, biroq usbu jarayon uzoq vaqt talab etishi va qimmatga tushishi aniq.

Energiya iste’moli. Agar masala «aqlli» antennalarni moslashtirish va joriy etish bo‘yicha bo‘lsa, uni hal etish mumkin, biroq uning o‘lchami hamda energiya iste’moli haqidagi masalani hal etishga to‘g‘ri keladi. Demak, 5G-tarmog‘i energiya iste’moli­ga yondashuvni butkul o‘zgartirishi zarur bo‘ladi.

Device-to-device. Beshinchi avlod texnologiyasida ko‘zda tutilgan xususiyatlaridan biri — bu o‘nlab metr masofada bo‘lgan ikki qurilmaning biridan ikkinchisiga ma’lumotlar uzatish bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, operatorning o‘zi faqat tarifikatsiya uchun «signalli trafik» olishi mumkin, ma’lumotlar esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalararo joylashishi mumkin. BlueTooth texnologiyasi va hatto NFCdan voz kechish imkonini berishi haqida hozircha ma’lumot yo‘q, biroq ko‘p narsalarni va’da qilayotgandek tuyulmoqda.

5G dan keyin

Internetda «5G» so‘rovi bo‘yicha texnologiyani testdan o‘tkazilayotgani haqida ko‘plab yangiliklarni topish mumkin, biroq yangi avlod faqat nazariy jihatdangina mavjud xolos. Odatda mutloq yangi tex­nolo­giyalar har yigirma yilda paydo bo‘l­moqda, ya’ni rasmiy jihatdan «20 yil qoidasi» amal qiladi. Ba’zan bunday yangiliklar bu muddatdan ilgariroq paydo bo‘lishi ham mumkin. Ha, allaqachon 10, 15 va hatto 25 Gbit/s. tezlikka ega texnologiyalar mavjud, biroq avlodlar alma­shinuvi uchun puxta standartizatsiya, baza stansiyalarining hamda mobil qurilmalari­ning ommaviy yangilanishi zarur bo‘ladi. Shu sababli texnologiyalar rivoji va sifat jihatidan yangi cho‘qqilarni zabt etishga umid qilish qoladi xolos. Yaqin oradagi yangiliklarni Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlari davrida kutish mumkin: KT Corporation mahalliy operator 2018-yilda hamma joyda joriy etiladigan 5G haqida ma’lum qilgan.

5G texnologiyalari kelajakda «aqlli» uylar asosiga aylanadi

Biroq marketologlar tinch o‘tirganlari yo‘q: allaqachon 6G alodi haqida xabar bermoqdalar. Mazkur avlod asosida — yo‘ldosh orqali ma’lumotlar uzatish, ya’ni baza stansiyalaridan to‘liq yoki qisman voz kechish va butun Yer kurrasini aloqa bilan qoplash maqsadi yotadi. Bundan keyingi yangiliklar — «aqlli» uy va shahar­larning barcha yo‘ldosh tizimlari, navigatsiya va boshqalar bilan integratsiyasi kabi ma’lumotlar aslida, chuqur ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga sabab bo‘lsada, allaqachon hayratga solmay qo‘ydi. Texnologiyani joriy etishning taxminiy vaqti — 2030–2040 yillar etib belgilangan. Faqat industriya yangiliklaridan hayratlanib, yangi yo‘ldoshli asrni o‘z ko‘z­larimiz bilan ko‘rishni orzu qilishimiz mumkin.

Manba

Mualliflar: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq