«UBTECH Robotics» aqlli o‘yin robotlari
02.09.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Intellektual robot-konstruktorlar yaratish sohasida ixtisoslashgan «UBTECH Robotics» kompaniyasi Alpha o‘yin ta’limiy robot-gumanoidlar va butun dunyoda o‘quv jarayonini qiziqarli o‘yinga aylantiruvchi — Jimu robot-konstruktorlarni taqdim etdi.

Jimu va Alpha robotlari 8–14 yoshli bolalarga mo‘ljallangan. Qiziqarli o‘yinchoq shakli evaziga bola STEM-tamoyili bo‘yicha tabiiy fanlar, texnologiyalar, muhandislik ishi, matematika bilan tanishib boradi, hamkorlikda jamoa bilan ishlashni, amaliy vazifalarni hal etish uchun yangi usullarni izlashni o‘rganadi. Dasturlashtirilgan ta’limiy va ko‘ngilochar Alpha 1 PRO robot-guma­noidi oilaning haqiqiy do‘sti va yordamchisiga aylanishi mumkin. Alpha 1 Pro16 odamlarning haqiqiy harakatlariga taqlid qilishga yordam beradigan moslamalar bilan jihozlangan. U zarbaga chi­damli va ekologik xavfsiz ABS-plastikdan ishlangan. Robotni Alpha (iOS va Android-qurilmalari uchun) ilovasi yordamida Bluetooth bo‘yicha yoki o‘z xohishiga ko‘ra harakatlarni dasturlashtirish ko‘zda tutilgan oddiy maxsus («Vaziyatni tanla, xotiraga kirit va bajar») funksiyasidan foydalanib, boshqarish mumkin. Alpha 1 robotining tungi uyqudan oldingi ertaklari va raqsli harakatlari barcha bolalarga yoqib qolishiga shubha yo‘q.

Jimu robot-konstruktorlari bolalar qo‘lida turli jonivorlar yoki texnik vositalarga aylanadi. Ularni yig‘ishga ilovadagi 3D-animatsi­yalangan (iOS va Android qurilmalari uchun) yo‘riqnoma yordam beradi, uning vositasida Bluetooth bo‘yicha smartfon/planshetdan foydalanib, turli vazifalar uchun dasturlashtirish mumkin. Robotlarni ma’lum ketma-ketlikdagi harakatlarni amalga oshirishga dasturlashtirish uchun tayyor dasturlardan foydalanish yoki o‘zlari o‘ylab topgan xususiy dasturlaridan foydalanish mumkin. Intuitiv grafik interfeys oddiy va tushunarli — dasturlashtirishning turli darajalari bolaga robotni o‘yinchoqdan ta’limiy vositaga aylantiruvchi yangi malakalarni qadamma-qadam o‘zlashtirish imkonini beradi.

Jimu robotlarini Applening Swift Playground ilovasiga ulab, yanada jiddiy dasturlashtirish darajasiga erishish mumkin. Bolalar robotni Appleda dasturlashtirilgan ommaviy tilda Swift kodi yordamida dasturlashtira oladilar. Mazkur ilovalar bilan ishlash uchun iPad talab etiladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq