Samsungdan videoenaga
02.09.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Zamonaviy ota-onalarga bolalarni parvarishlash juda ham oson­lashdi. Hatto Samsung kabi jahon brendi ham videoenaga nomli ajoyib va qulay qurilmalarni ishlab chiqara boshladi.

Masalan, zamonaviy Samsung SEW-3057WP videoenagasi uzluksiz va barqaror aloqa bilan ta’minlangan bo‘lib, ota-onalarning farzandlarini u uxlayotgan yoki bolalar xonasida o‘ynayotgan chog‘ida masofadan turib, parvarishlashda ishonchli yordamchi bo‘la oladi. Mahsulot puxta tanlab olingan ekologik xavfsiz materiallardan tay­yorlangan. Videoenaga ajoyib dizayn asosida ishlab chiqilgan, uni qo‘lda ushlash yoqimli, qulay, funksional va eng zamonaviy uskunalarda testdan o‘tkazilgan.

Kamerlarni videoenaga bilan birlashtiradigan qo‘shimcha blok yordamida ota-onalar bolalar xonasi muhitini kuzata oladilar. Qo‘shimcha blok changdan himoya datchiklari, gigrometr (namlik darajasini o‘lchovchi asbob) va termometr bilan jihozlangan. Datchiklar kameraning o‘ziga emas, balki yetarli darajada olisda joylashtirilgan alohida bloklarga kiritilganligi evaziga kamera suratga olishidan tashqari, juda aniq o‘lchov ko‘rsatkichlarini taqdim etadi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, ishlab chiqaruvchi tomonidan ishonchli server uskunalari infrastrukturasi taqdim etilgan bo‘lib, mobil qurilmalaridagi ilovalarning uzluksiz ishlashini talab etadi. Shu sababli Samsung SEW-3053WP videoenagasidan foydalanishda har qanday olis masofadan hatto kamera va monitor o‘rtasida to‘siq bo‘lganida ham bola ota-onalarning uzluksiz nazoratida bo‘ladi.

Mazkur model jamlanmasiga atrof-muhit sharoitlarini (haro­rat, namlik, havo sifati) kuzatish datchigi va qo‘l soati kiradi, bolalar xonasiga ovoz kirganida ota-onalarni vibrosignal bilan xabardor qiladi. Jahonda taniqli ishlab chiqaruvchi Samsung tomonidan taqdim etilgan SEW-3057WP videoenaga ikki aloqa rejimi: FHSS va Wi-Fi asosida ishlaydi. Birinchisi 300 metrgacha masofada to‘g‘ridan-to‘g‘ri ota-onalar va bolalar bloki bilan ishonchli aloqani ta’minlasa, ikkinchisi qurilmani Wi-Fi uy simsiz tarmog‘iga ulab, bolani smartfon yoki planshet (iOS yoki Android) orqali bepul ilova yordamida dunyoning istalgan jo­yidan kuzatish imkonini beradi. Wi-Fi tarmog‘iga videoenaga­ning ulanishi hatto ota-onalar va bolalar bloki o‘rtasida katta to‘siq mavjud bo‘lsada, katta uy, xonalar ichida bolani ishonchli kuzatish orqali uning xavfsizligini oshiradi. Samsung SEW-3057WP Wi-Fi videoenaga yuqori darajada ishonchliligi va aloqaning xavfsizligi bilan ajralib turadi. Yosh ota-onalarga go‘dakka doimiy va qulay kuzatish vazifasi bilan yordam beradigan, uzluksiz ishlaydigan qo‘shimcha funksiyalar bilan jihozlangan. Yengil va qulay ota-onalar bloki katta sensorli displey bilan jihozlangan bo‘lib, ishlab turgan ekran va akkumulyatori sig‘imi evaziga uzoq vaqt ishlay oladi. Kameralar aylanishini boshqarish monitor ekraniga barmoq bilan bosish yoki mobil qurilmasi ilovasi yordamida olishdan amalga oshirilishi mumkin.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq