Parrot Pot aqlli gultuvak
02.09.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Parrot Pot o‘simliklar uchun aqlli gultuvak — o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilish ishlarini ta’minlab, xona gullari egasi ishini yengillatadi. Mazkur qurima o‘z qo‘llanishidagi afzalligi bilan no­yob va qimmatbaho o‘simliklar turlarini saqlab qolishda juda muhimligi o‘z isbotini topgan.

Ma’lumki, gurkirab o‘sib turishi uchun xona gullari alohida parvarishni talab etadi. Parrot bu sohada juda katta ahamiyatga molik texnologiyani taqdim etadi. Parrot Pot — bu aqlli gultuvak bo‘lib, o‘simliklarni parvarishlashga xizmat qiluvchi yangilikdir.

Parrot Pot vazifasiga — xona gullariga xonadon sohibidan yaxshiroq g‘amxo‘rlik qilish kiradi. Buning uchun gadjetda kislotalilik darajasini boshqaruvchi datchiklar, harorat, yorug‘lik va uning yordamida gulga 2,2 litrgacha suv quyishi mumkin bo‘lgan suv forsunkalari kiritilgan. Uning dasturida turli xona gullari haqida 8000dan ortiq ma’lumot kiritilgan, shu sababli u masofadan turib, aniq qaysi gullar qanchalik darajada sug‘orishga muhtoj ekanligini nafaqat aniqlaydi, balki ularni o‘g‘itlash yoki tuvakni yanada ko‘proq quyosh nuri tushadigan joyga olib qo‘yish haqida xonadon sohibiga maslahat ham bera oladi. Parrot Pot manbada suv kamligini sezib, suvni tejaydigan rejimga o‘ta oladi. Parrot Pot suv to‘ldirib qo‘yish uchun ikki litrli rezervuar bilan jihozlangan va sug‘orish tizimi uchun to‘rtta teshikchalari mavjud. U o‘simlik uchun eng samarali jadvalni belgilay hamda doimiy tavsiya etiladigan namlik darajasini ta’minlay oladi. Parrot Pot turli o‘simliklar uchun muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar: tuproq namligi, o‘g‘it konsenratsiyasi, atrof-muhit harorati va yorug‘lik darajasini kuzatib turuvchi sensorlar bilan jihozlangan.

Har 15 daqiqada Parrot Pot ma’lumotlarni yozib boradi va ke­yin ularni Bluetooth Smart orqali bepul Flower Power ilovasi ki­ritilgan mobil qurilma (smartfon yoki planshet)ga jo‘natadi. Ma’lumotlar maxsus tahlil «Parrot Cloud» algoritmiga uzatiladi hamda ularni jadval shaklida istalgan vaqtda ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladi. Mazkur tahlil o‘simlik holati haqida va uni parvarishlash uchun tavsiyalar istalgan vaqtda qisqa muddatli ma’lumot olish imkonini beradi. Suv sathi zarur darajadan kam bo‘lganida Flower Power Pot avtomatik ravishda, rezervuarning yana suv bilan to‘ldirilguniga qadar kam suvdan foydalanish asosida namlikni saqlash funksiyasiga o‘ta oladi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq