Panasonic Yaponiyaning Xaneda aeroportida o‘zi harakatlanadigan «aqlli» o‘rindiqlarni testdan o‘tkaza boshladi
02.09.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Tokiyodagi Xaneda aeroportida imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun Panasonic robotlashgan nogironlar aravachasidan foydalanilmoqda.

Foydalanuvchilar moslamani telefon ilovasi orqali boshqara oladilar. Nogironlar aravachasida avtonom mobil texnologiyasidan foydalanilgan: yuzerlar belgilangan joylari smartfon orqali kiritiladi, shundan keyin nogironlar o‘rindiq aravachasi o‘z vaziyatini belgilab, u yerga yetib olish uchun eng yaxshi yo‘nalishni tanlaydi. Boshqaruvchisiz tizim atrofni kuzatib, to‘siqlardan chetlab o‘ta oladi. Yo‘lovchini belgilangan joyga yetkazib qo‘yganidan so‘ng, qurilma mustaqil ravishda, orqasiga qaytib keladi, bu xizmati bilan aeroport xodimlari yuklamalarini qisqartiradi.

Bundan tashqari, nogironlar o‘rindiq aravachasi boshqa aravachalar bilan sinxron harakatlana oladi, bu esa imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar guruhiga birgalikda belgilangan joyga bo­rish imkonini beradi. Shu bilan birga, bir necha aravachalar «bir guruhga» birlasha oladi, bu esa so‘zsiz, oilaviy joylashish imkonini beradi. Shunisi qiziqki, bunga umuman aeroport xodimlari aralashmaydilar: aravachalar yetib kelishi bilan barchasi avtomat ravishda «qayta guruhlanadi». Boshqa tashabbuskorlar qatorida Panasonic va NTT tomonidan ishlab chiqarilgan nogironlar o‘rindiqli aravachasi hozirgi kunlardan 2018-yil mart oyiga qadar testdan o‘tkaziladi, bu esa 2020-yil Olimpiadasi boshlanishiga qadar uning yakuniy versiyasini yaratish imkonini beradi. Boshqa dasturlar o‘z vazifalari jamlamasiga smartfonlar yordamida: ko‘rishda zaif jihatlari bo‘lgan yo‘lovchilarga ko‘pchilik orasida shovqinni kamaytirib, aniq intellektual ovozli signallarni tahlil qilish texnologiyasiga muvofiq, obyektlarni tanish texnologiyasi asosida, tilga oid to‘siqlarni ham bartaraf etish kabilarni kiritgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq