Olimlar robototexnikaga oid qonunlar doirasini kengaytirishni taklif etdilar
02.09.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Ayzek Azimovning Robototexnikaga oid uchta qonuni chuqur ma’noli va sodda bayon etilgan bo‘lib hisoblanadi, shu sababli oradan 75 yil o‘tsada, o‘z qimmatini yo‘qotmagan.

Biroq zamonaviy olam axborot texnologiyalarining mahsuli bo‘lgan robot va agentlar uy-ro‘zg‘orda yordamchi, avtomobil boshqaruvchisi va biz bilan ish joylarida «yonma-yon» hamkor bo‘lib ishlamoqdalar, ular hatto uzoqni ko‘ra olgan fantast-yozuvchilar tasavvur qilgan qahramonlardan ham kuchliroq va faol faoliyat yuritmoqdalar. Dasturlashtirilgan sun’iy intellektni boshqaruvchi tamoyillar maksimal darajada juda keng ekanligiga ishonch hosil qilish uchun Xartfordshira universiteti ekspertlari «Robotlar huquq va imkoniyatlarini kengaytirish» deb atalgan yangi tizimni batafsil ta’riflab berdilar, — deyiladi Robotics.ua manbasida. Azimov tomonidan xavfsizlik uchun yaratilgan robotlarga oid robototexnikaning uchta qonuni o‘zining oddiyligi bilan ajoyibdir. Keling, ularni bir eslab ko‘raylik:

  • Robot insonga zarar yetkazishi yoki harakatsiz chog‘ida o‘ziga inson tomonidan zarar yetkazilishiga imkon berishi mumkin emas.
  • Robot odamning Birinchi qonunga zid bo‘lgan buyruqlaridan tashqari, unga berilgan buyruqlariga bo‘ysunishi shart.
  • Robot agar himoya harakatlari Birinchi yoki Ikkinchi qonunga zid bo‘lmasa, o‘zining mavjudligini himoya qilishi shart.

Biroq Xartfordshir tadqiqotchilari ushbu qonunlar robotlar kundalik hayotining barcha jihatlari, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni to‘liq qamrab olmagan deb hisoblaydilar. Mashinalar xulq-atvoriga taalluqli har qanday tavsiyalar istalgan vaziyat uchun, robot doim o‘zi va atrofdagilar manfaati uchun eng to‘g‘ri va yaxshi harakat qilishini kafolatlashini belgilaydigan darajada universal bo‘lishi zarur. Huquq va imkoniyatlarni kengaytirish konsepsiyasi 2005-yildan buyon mavjud bo‘lib, uni jamoaviy ravishda, ke­yingi 12 yil mobaynida ishlab chiqqanlar va takomillashtirganlar. Oddiyroq qilib aytganda, robotning asosiy motivatsiyasi shunday bo‘lishi shartki, o‘z imkoniyatlarini yangi o‘zgarishlar bilan saqlab qolishga urinish va keyingi qadam uchun ko‘proq imkoniyat variantlarini qoldirishi zarur. Bundan tashqari, robot uning atrofidagi odamlar imkoniyatini ham maksimal darajada kengaytiruvchi harakatlarni amalga oshirishi zarur. Bu juda asosli fikr bo‘lib tuyuladi, biroq tadqiqotchilar ma’lum qilishicha, mazkur tamoyil bo‘yicha amal qiluvchi agentlar ajoyib tabiiy xulq-atvorni namoyon etdilar. Har bir alohida ssenariy asosida qayta dasturlashtirish zaruriyatidan voz kechib, ularga faqat olam va undagi o‘zgarishlar haqida umumiy tushunchalar berish zarur deb hisoblaydilar.

Robotlar samaraliroq ishlab, odamlarga zarar yetkazmasligiga ishonch hosil qilish uchun mazkur asosiy jihatlarni qamrab olgan «Huquq va imkoniyatlarni kengaytirish» deb atalgan uchta qoida ishlab chiqilgan. Masalan, odam jarohatlanganda uning imkoni­yatlari cheklanadi va oxir-oqibatda, hech bir imkoniyati qolmasligi mumkin. Uchinchi qoidaga aynan shu mazmun kiritilgan, ya’ni robotning xususiy vakolati va oxirgi davrda robototexnikaga oid xulqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha ko‘plab munozaralar, bahslar mavjud, jumladan, yaqinda robotlar uchun xulqiy me’yor va tavsiyalarga rioya etish haqida fikrlar bildirilgan», — deydi maqola hammualliflaridan biri Kristof Salge. — «Jumladan, robotlar kelajakda xizmatchi, yordamchi va hamkor sifatida yangi va murakkab vaziyatlar bilan ishlashiga to‘g‘ri kelsa, umumiy va oliy darajada boshqariladigan o‘qitish tizimiga ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bunday motivatsiyaga ega robotni ishlab chiqish murakkab ish, sababi robotlarda inson tili hamda turli mazmundagi iboralarni tushunishda muammolar mavjud bo‘lib, turlicha bayon etib, talqin qilingan ta’riflar asosida xulqiy qoidalarni belgilashda omadsizlikka uchrash mumkin. Bunday xulqiy qoidalarni shakllantirishning boshlanishida murakkab vazifalar yuzaga kelgandi. Bu masalalarni hal etishda bizning yondashuvlarimiz foydali yechim bo‘lishi mumkin».

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq