London politsiya xodimlariga videokameralar beriladi
02.09.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

London politsiyasi (Metropolitan Police Service, MPS) bo‘linmalarida ishlaydigan beysbolka va himoya qiluvchi shlem bilan himoyalangan zobitlarga olib yuriladigan video­kameralar berilishini e’lon qildi.

Shuni ta’kidlash zarurki, Buyuk Britaniya­ning qurolga ega bo‘lmagan oddiy politsiyachilarining ish kiyimlarida kameralar joylashtirilishi mumkin. Biroq otishma chog‘ida kamera suratga olayotgan manzara tasviri to‘silishi mumkin, shu sababli uni shlemga mahkamlashga qaror qilingan. Mazkur chora politsiya xodimlari ishini va hisobotlarini yanada ochiq bo‘lishini ta’minlashi kutilmoqda, bu esa mazkur idoraga jamoatchilikning ishonchini oshiradi. Kameralar zobitlar uchun ham, fuqarolar uchun ham amaldagi qonunchilikka muvofiq, vijdonan to‘g‘ri ishlashlariga sabab bo‘luvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

2016-yil oktabr oyida London shahri politsiyasi 22 000dan ortiq xodimlari uchun kameralar taqdim etilishini e’lon qilgandi. Hozirgi kungacha 32tadan 30ta shahar tumanlari bo‘linmalari zobitlariga 17 500 kamera yetkazib berildi. Qolgan ikki tuman politsiyachilari ham kamerani olish arafasidalar. London politsiyasi olib yuriluvchi kameralar bilan joriy yil oktabr oyiga qadar to‘liq ta’minlanadi. Berilgan kameralar yordamida hozirning o‘zidayoq umumiy hajmda 785 ming videoyozuv amalga oshirildi, ulardan 460 ming yozuv ma’lumotlar saqlash muddatlari sababli politsiya qoidalari doirasida, avtomatik ravishda, o‘chirilgan. London politsiyasi himoyalangan, olib yuriluvchi Axon Flex 2 kameralaridan foydalanmoqda, ular yordamida HD imkoniyati bilan va 120 daraja aylana burchak doirasida video suratlarini olish mumkin. Yozuvlar qo‘lda, ovozli signal va kameraning old panelida lipillab turuvchi qizil nur asosida amalga oshiriladi. Zobitlar yozuvlar boshlanishi haqida fuqarolarni ogohlantirishi zarurligi haqidagi yo‘riqnomalar bilan tanishtirilgan. Yozilgan videoroliklar himoyalangan serverda saqlanadi. Ulardan sud jara­yonlarida va boshqa zarur huquqiy vaziyatlarda foydalanish mumkin, keraksiz video yozuvlar «31 kun mobaynida» avtomatik ravishda o‘chirib tashlanadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq