Bot-jurnalist Soccerbot Janubiy Koreya Yonhap gazetasida ishlaydi
02.09.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Yonhap Janubiy Koreya nashri sport ruknida ijod qiluvchi robot-jurnalistni ishga qabul qildi. Bot hozirgi kunda 380 avtomatik tajribaviy maqolalarni tayyorladi, — xabar beradi Robotics.ua.

O‘tgan yili nashr jurnalistlari robotlashgan jurnalistika haqidagi g‘oyalarini ilgari surgan, biroq xodimlarining ishini to‘liq robotlarga almashtirishga qodir emasliklari haqida xulosaga kelgandilar. Bot-jurnalist ularning xulosalarini shubha ostida qoldirdi. Yonhap bergan ma’lumotiga ko‘ra, ularning avtomatlashgan tizimlari ingliz premyer-ligasi futbol o‘yini to‘g‘risidagi maqolani tayyorladi. Soccerbot deb atalgan dasturiy ta’minotli robot jurnalistlar imitatsiya algoritmiga asoslangan. Robot hozirning o‘zidayoq har bir o‘yin yakunlanishi bilan sanoqli soniyalar mobaynida 380dan ortiq avtomatlashgan maqolalarni tayyorlay oladi. Soccerbot robot-jurnalistning ishlash tamoyilida Yonhapda ilgari haqiqiy jurnalistlar tomonidan yozilgan so‘z va iboralardan tashkil topgan ma’lumotlar bazasidan foydalanildi. Maqolalarni tayyorlash uch bosqichda amalga oshiriladi: av­val robot ma’lumotlarni to‘playdi, keyin gap tuzib, grammatik va imloviy xatoliklarni tuzatadi. Bundan tashqari, tizim u yoki bu axborotlarning haqiqiyligiga ishonch hosil qilish uchun beshta turli manbadan ma’lumotlarni to‘playdi. Shu tariqa, mazkur bot-jurnalist Xitoydagi shunday sun’iy intellektdan o‘zib ketdi, shuningdek, Southern Metropolis Daily gazetasiga ham maqola yozdi. Yonhap tahririyati 2018-yil fevral oyida o‘tkaziladigan qishki Olimpiada o‘yinlari haqida reportajlar yozish bilan shu­g‘ullanadigan yana bir avtomatlashtirilgan tizim PyeongChangni ishga tushirishni rejalashtirgan.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq