Koreyaning AT mahsulotlarini rivojlantirish Milliy agentligi (NIPA) vakillari bilan uchrashuv
01.09.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2017-yilning 30-avgustida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazida NIPA ning bosh maslahatchisi An Xi Chul va maslahatchi Li Jong Yongomlar bilan uchrashuv o’tkazilib, milliy identifikatsiya tizimini amaliy jihatdan tatbiq etish hamda “ID-kart” tizimini O‘zbekiston fuqarolariga berish va foydalanishlarini ta’minlash yuzasidan masalalar muhokama etildi.

Koreya delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston Respublikasida shaxsni tasdiqlovchi milliy karta (ID-karta)ni birgalikda tatbiq etish masalalarini muhokama etish uchun tashkillashtirilgan bo‘lib, uning tashabbuskorlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hisoblanadi.

Uchrashuv davomida joriy vaqtdagi AKT infratuzilmasi keng muhokama etildi. Xususan, fuqarolik aktlarini ro‘yxatga olish va milliy identifikatsiya axborot tizimi masalalariga jiddiy e’tibor qaratildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq