Vazirlik tizimida bayram tadbirlari va faxriylar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda
31.08.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Mamlakatimiz mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan vazirlikka biriktirilgan, uzoq yillardan buyon ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan yetakchi ilm-fan namoyandalariga hurmat-e’tibor ko‘rsatish, ularning holidan xabar olish maqsadida, vazirlik tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 6 nafar a’zosi, jumladan akademiklar – Musaxanov Mirzayusuf Mirzamaxmudovich, Abdullayev Djo‘ra Abdullayevich, Saidov Muxtor Safarbayevich, Kamilov Mirzayan Mirzaaxmedovich, Bekmuratov To‘lqin Fayziyevich, Radjabov Telman Dadayevichlarning xonadonlariga tashrif uyushtirildi.

Aytish joizki, ko‘p yillik tajribaga ega akademiklar Vazirlikning Ilmiy texnik kengashiga a’zo sifatida qabul qilingan. Vazirlik tizimidagi korxonalarda akademiklar uchun maxsus shinam va qulay xonalar ajratilgan. Ilm-fan namoyandalarining ularning korxonalarga kelib-ketishlari, uzoq yillik tajriba va izlanishlarini keng targ‘ib etish maqsadida, tizimdagi korxona va tashkilotlardagi ma’ruza va uchrashuvlari muntazam tashkil qilinadi.

Shuningdek, sohada ko‘p yillik mehnat qilib, bugun nafaqa gashtini surayotgan soha vakillarining ham holidan xabar olindi.

Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligini munosib qarshi olish, sohada yuksak natija ko’rsatgan xodimlarni rag’batlantirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug’i bilan sohada ko’p yillar samarali mehnat qilib, mamlakatimizda AKT rivojiga hissa qo’shib kelayotgan bir guruh soha xodimlariga «Mohir aloqachi», «Faxriy yorliq», «O’z kasbining ustasi» kabi mukofotlar topshirildi.

Mukofotlanganlarning to’liq ro’yxati «Xabar» gazetasining 2017 yil 1 sentabrdagi 35-sonida nashr etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi nomidan barchangizni qo‘shaloq ayyomlar bilan muborakbod etib, sog‘lik-salomatlik va xonadoningizga farovonlik tilaymiz.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq