IBM kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
30.08.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

29 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida IBM kompaniyasining G‘arbiy Yevropa va Osiyo bo‘yicha bosh direktori Andrey Filatov boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda dasturiy va apparat ta’minot ishlab chiqarishda jahonning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lgan IBM’ning mamlakatimizdagi faoliyati, O‘zbekistonda amalga oshirish ko‘zda tutilgan istiqbolli rejalar muhokama qilindi. Jumladan, «aqlli shahar» uchun tizimlar yaratish, «bulutli» texnologiyalarni joriy qilish, yangi startaplarni qo‘llab-quvvatlash va moliyalashtirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yaqindan hamkorlik qilish kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro aloqalarning rivojlanishidan manfaatdor ekanliklarini bildirib, yaqin vaqt ichida ikkitomonlama hamkorlik hujjatlari imzolanishini ma’lum qilishdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq