Yagona portalda sayyohlik sohasida yangi xizmat ishga tushirildi
28.08.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«O’zbekturizm» Milly kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan mazkur yangi xizmat orqali yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar Turizm faoliyatini amalga oshirish litsenziyasinini olish yoki qayta rasmiylashtirish uchun hujjatlarni ko’rib chiqish uchun masofadan turib yuborish imkoniga ega bo’ldilar.

Barcha zarur hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi. Hujjatlar Kompaniya tomonidan ko’rib chiqilgach, tadbirkorlik subyektlariga faoliyatlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish yoki berishni rad etish, shuningdek qayta rasmiylashtirish to’g’risidagi qaror Yagona portal orqali «foydalanuvchi kabinetiga» yuboriladi.

Ushbu xizmatdan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar foydalanishlari mumkin. Xizmat uchun eng kam oylik ish haqining 2,5 baravari miqdorida haq to’lanadi.

Eslatib o’tamiz, O’zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 830-I sonli «Turizm to’g’risida» Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi «Turizm faoliyatini litsenziyalash to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 497-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi «Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida» 60-sonli qarorida sayyohlik xizmatlarini ko’rsatishni yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar belgilab berilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq