«O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari — kompaniya abonentlari uchun O‘zbekistonda maxsus ishlab chiqarilgan!
24.08.2017
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish doirasida «O‘zbektelekom» AK aksiyadorlik kompaniyasi «O‘zbektelekom» AK ishlab chiqarish korxonalari — kompaniya abonentlari uchun O‘zbekistonda maxsus ishlab chiqarilgan!» mavzusida brifing tashkil etdi.

Tadbirda jurnalistlarga «O‘zbektelekom» AK ishtirokidagi qo‘shma korxonalar O‘zbekiston erkin iqtisodiy hududlarida O‘zbekistondagi foydalanuvchilar tomonidan keng qo‘llanilayotgan import o‘rnini bosuvchi telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarilayotganligi haqida so‘zlab berdilar.

Brifingda «O‘zbektelekom» AK va chet el investorlari ishtirokida tashkil etilgan uchta qo‘shma korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar taqdim etildi. Mazkur qo‘shma korxonalar «Navoiy» EIIZ va «Jizzax» EIZ hududida import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarlarning keng turlarini ishlab chiqaradi.

«O‘zbektelekom» AK ishtirokida qo‘shma korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar O‘zbekiston telekommunikatsiya bozorida korxona va tashkilotlar o‘rtasida ham, xususiy foydalanuvchilar o‘rtasida ham katta talabga ega. Bu, ayniqsa, O‘zbekiston telekommunikatsiyalar tarmog‘ining keng miqyosli modernizatsiyasi sharoitlarida juda muhimdir. – deyiladi “O‘zbektelekom» AK matbuot-xizmatida –bizning ishlab chiqarish korxonalarimiz nafaqat ilgari chet el valyutasiga sotib olingan, O‘zbekiston telekommunikatsiya infrastrukturasini mamlakatimiz sharoitida ishlash uchun tayyorlangan yangi uskunalar bilan ta’minlash masalalarini hal etadi, balki OTM va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ish joylari bilan ta’minlaydi».

Brifingda quyidagi qo‘shma korxonalar mahsulotlari taqdim etildi:

«Telecom Devices Pro» MCHJ (Mаhsulotlar katalogi) 2012-yilda Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida tashkil etilgan. Korxonaning asosiy faoliyati CDMA-450 standartida mobil va statsionar telefonlar, planshet kompyuterlar ishlab chiqarishdan iborat.

«Telecom Devices Pro» MCHJ CDMA-450 standarti qurilmalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Markaziy Osiyoda yagona korxonadir.

«Telecom Innovations» QK (Mаhsulotlar katalogi)— Navoiy erkin industrial-iqtisodiy zonasida joylashgan bo‘lib, “O‘zbektelekom” AK abonentlari hamda ATSlari uchun ADSL-modemlar va DLSLAM-uskunalar, «set-top-box» raqamli televideniya priyomniklari va boshqa operatorlik va abonentlik qurilmalarini ishlab chiqaradi.

«Telecom Innovations» QK «O‘zbektelekom» AK abonentlari va ATSlar uchun ADSL-modemlari va DSLAM qurilmalari ishlab chiqaradi.

Yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 50 mingdan ortiq raqamli priyomniklarni tashkil etadi. «Navoiy» EIIZda tashkil etilganligi sababli imtiyozlar evaziga bu yerda joylashgan korxonalar tayyor mahsulotlarining bahosi chet eldagi analoglardan arzon.

Bugungi kunda kompaniya o‘z nomi bilan har bir iste’molchiga elektron telekommunikatsiya texnikalari sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni yetkazishga intiladi va buning isboti – ishlab chiqarilgan mahsulotlar nomenklaturasidir. Uchta turdagi raqamli televideniya priyomniklari (Set –Top- Box), eng oddiy turidan boshlab Hi-End klassi modeli – TI-FT-6144-IR-SD gacha, ADSL2+ standarti qo‘llab-quvvatlovchi tashqi ADSL modemlari, DSLAM Irdeto 2 kodirovkasida raqamli ko‘rsaruvlar ochiq va yopiq kanallarini qabul qilishga qodir bo‘lgan —multipleksorlari ishlab chiqariladi. Telecom Innovations QK mahsulotlari telekommunikatsiya tarmoqlari va «O‘zbektelekom» AK kompaniyasi abonentlari tomonidan keng foydalaniladi, Set–Top-Box priyomniklari UZDIGITAL TV kompaniyasi abonentlariga faol taqdim etiladi.

O‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligi bayramini nishonlash arafasida «Jizzax» maxsus industrial zonasida birvarakay uchta qo‘shma korxona “O‘zbektelekom» AK Milliy telekommunikatsiya operatori va Xitoy Xalq Respublikasidan xorijiy investorlar ishtirokida tashkil etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 18-sentabrdagi F-4131sonli Farmoyishiga muvofiq «Jizzax» MIZda bitta qo‘shma korxona «SMART VISION» QK tashkil etilgan.

«SMART VISION» QK (Mаhsulotlar katalogi) ZTE va «O‘zbektelekom» AK ishtirokidagi «IP va videotelefonlar ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi doirasida tashkil etilgan.

«SMART VISION» QK ishlab chiqarish liniyalarida xPON tarmog‘i foydalanuvchilari uchun IP telefonlar va videotelefonlar ishlab chiqariladi.

Uchta qo‘shma korxonaning barchasi «Jizzax» EIHda ro‘yxatga olingan, qonunda belgilangan tegishli imtiyoz va preferensiyalarga ega bo‘lib, ishlab chiqariladigan mahsulotlari ro‘yxatiga muvofiqlik sertifikatlarini olgan.

Bugungi kunda “O‘zbektelekom» AK qo‘shma ishlab chiqarish korxonalari o‘z mahsulotlarini mamlakatimiz bozorida ham, eksport uchun ham yarmarkalarda, tarmoq birjalarida va xalqaro ko‘rgazmalarda faol ilgari surmoqda.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq