OAV uchun «O‘zbektelekom» АК Call-markaziga tanishuv sayohati
22.08.2017
Rukn: Aloqa va telekommunikatsiyalar, Tadbirlar.
Muallif: .

22-avgust kuni Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yiliga bag‘ishlab o‘tkaziladigan chora-tadbirlar doirasida   «O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan OAV uchun «O‘zbektelekom» AK Call-markazi — chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi  yagona markazi(CHXKYM)ga tanishuv sayohati uyushtirildi.

«O‘zbektelekom» AK  Call-markazi  kecha-kunduz rejimida ishlaydi va nafaqat kompaniya abonentlari chaqiriqlariga, balki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, Interaktiv Davlat Xizmatlari Yagona Portali (IDXYAP) va boshqa qator vazirlik, idoralar va yirik kompaniyalarga murojaatlar bo‘yicha xizmat ko‘rsatadi.

Sayohat davrida jurnalistlarga o‘zida tarixiy ma’lumotlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar  ro‘yxati va statistik ma’lumotlarni jamlagan Call-markaz faoliyati haqida tadqimot o‘tkazildi.

Toshkent shahrida  birinchi telefon ma’lumotnoma xizmati 75 yil ilgari tashkil etilgan. O‘sha davrda uni oddiygina  qilib, «09» xizmati» deb ataganlar. Shahar telefon tarmog‘i 5mingdan ortiq abonentga xizmat ko‘rsatardi. 09 xizmatidagi operatorlar ishi qo‘lda xizmat ko‘rsatish tamoyili asosida tashkil etilgandi. Operatorlar ma’lumotlar bilan ishlarni  qog‘ozli kartotekalar asosida amalga oshirardilar. Telefon operatorlari ish stoli ishga oid tegishli kartotekalar bilan ta’minlangan edi. Barcha ma’lumot-axborotlar qog‘ozda ifoda etilgandi.

2003-yildan  operatorlar ish joylarini avtomatlashtirish boshlandi. «O‘zbektelekom» AK «TShTT» filiali Axborot-hisoblash markazi «AHM» vazifalar majmuasi   – dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgandi. Mazkur dasturiy majmuani operatorlar ish joyiga o‘rnatish  – qog‘ozli  kartotekalaridan voz kechish hamda axborotni  avtomatlashtirilgan rejimda izlash imkonini berdi.

2009-yil aprel oyida «Protey» kompaniyasi uskunalari bazasida «09» ma’lumotlar xizmati barcha xalqaro talablarga javob beruvchi, zamonaviy  «Call-markazi»ga modernizatsiya qilindi. Natija darhol ko‘zga tashlandi, sababi sifatli statistik ma’lumotlar hisobini yuritish  hamda tahlil o‘tkazib,  barcha tizim ishlarini yaxshilash imkoniga ega bo‘lindi.

«TShTT» filiali axborot-ma’lumot markazi bazasida Call-markaz intellektual platformasi joriy etilishi axborot-ma’lumot xizmati turlarini kengaytirishga va zamonaviy  intellektual xizmatlarni joriy etishga imkon berdi.

2013-yil fevral oyida Toshkent shahridagi ATS-234dan ATS‑255ga mavjud «TShTT» filiali CHXKM(chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatish markazi) uskunalarini ko‘chirib o‘tkazish va kengaytirish bo‘yicha ishlar nihoyasiga yetkazildi.

Chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi  yagona markazi (CHXKYAM) loyihasining navbatdagi bosqichi butun Respublika hududida kengaytirishdan iborat bo‘ldi. «O‘zbektelekom» AK  uchun CHXKYAMni joriy etish tegishli qo‘shimcha server uskunalarini, VoIP shlyuzlari va «O‘zbektelekom» AK viloyat filiallari kommutatorlarni o‘rnatishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek,   «O‘zbektelekom» AK har bir viloyat filiali bo‘yicha 10 tadan operator ish joyini kengaytirish  ishlari amalga oshirildi.

«O‘zbektelekom» AK «Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi»da filiallar mutaxassislari texnik uskunalarni batafsil o‘rganish va kelgusida xizmat ko‘rsatish uchun o‘qitildi va tayyorlandi.

«Bizning Call-markazida zamonaviy uskuna va dasturiy ta’minotlar o‘rnatilgan. – deydi Marketing boshqarmasi boshlig‘i Marat Smagin, -Yangi raqamli uskunalar vaqtning bir birligida 3000 chaqiriqni qabul qila oladi, bu esa maksimal qisqa vaqt mobaynida ko‘p sonli  abonentlarga xizmat ko‘rsatish imkonini beradi. Shuningdek, ularni favqulodda vaziyatlarda chidamliligini oshiradigan  serverlarga uzluksiz ta’minot uzatiladi».

Hozirgi vaqtda “O‘zbektelekom» AK  Call – markazi quyidagi keng xizmat turlarini taqdim etadi:

  1. Axborot-ma’lumotnoma xizmati (1009, 1064)
  2. Telefonlarni ta’mirlash byurosi (1086)
  3. Uzonline, Ip TV texnik qo‘llab-quvvatlash (1084)
  4. IDXYP texnik qo‘llab-quvvatlash (2001818, 1060)
  5. Joriy kech-kunduz uchun ob-havo ma’lumotlari (telefon 1001)
  6. Aniq vaqt (telefon 1004)
  7. Virtual ofis (2008080)
  8. Teleovoz berish
  9. Autsorsing
  10. Xabar
  11. Pazandalik retseptlari (telefon 2000505)
  12. Tabrik (telefon 2000101)
  13. Oqshom ertaklari (telefon 2000100)
  14. «O‘z hisobingizni aniqlang» (telefon 1058)
  15. Kontent-provayder xizmatlari

«Bugungi kunda «O‘zbektelekom» AK  Call-markazi  nafaqat kompaniya abonentlari chaqiriqlariga xizmat ko‘rsatadi, balki ko‘proq darajada davlat tashkilotlari, vazirlik va yirik kompaniyalarga murojaatlarni qayta ishlash autsorsingi bo‘yicha ishlamoqda. – deydi «O‘zbektelekom» AK Marketing va sotuvlar boyicha Direktori, Yevgeniy Vishnevskiy, – bunda birgina raqamni keltirib o‘tishning o‘zi kifoya: faqat  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasida oyiga 120 ming chaqiriq qabul qilinmoqda».

«TShTT» filiali «Call-markazi» xizmati operatorlari bilan  autsorsing quyidagilarni amalga oshiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi.
  • Interaktiv Davlat Xizmatlari Yagona Portali.
  • Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi virtual qabulxonasi.

 Operator ijarasisiz va ish joyisiz autsorsing quyidagilarni amalga oshiradi:

  • O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Sud departamenti.
  • Toshkent vokzali.

«O‘zbektelekom» AK chaqiriqlarga xizmat ko‘rsatuvchi  yagona markazi» bir kecha-kunduz mobaynida 6 smenada ishlaydi va bugungi kunda 365 operatorga ega, ulardan:  57 nafari oliy ma’lumotli muhandis. – deydi Call-markaz boshligi, Shaxnoza Shukurova – Biz murojaatlar bilan ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish bo‘yicha zarur texnik choralarni ko‘rish bo‘yicha xodimlarimizni  muntazam ravishda o‘qitamiz. Xodimlarimiz bilan doimiy ravishda shtatdagi psixolog-mutaxassis ishlaydi. Mijozlarimiz masalalarini juda ham tezkor hal qilishga va murojaatlarning albatta barajarilishiga  harakat qilamiz».

Sayohat davrida Call-markazi xizmatiga talab jadal o‘sib borayotganligi ta’kidlandi.  Agar «O‘zbektelekom» AK  Call-markazi operatorlari tomonidan butun 2016-yil mobaynida 1 770 459ta chaqiriqqa xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, 2017-yilning faqat birinchi yarim yilligida  2 063 304ta chaqiriqqa xizmat ko‘rsatildi.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq