UZMOBILE TATKHKda o‘quvchilar uchun: «Smart Education», «Educard», «Muloqot.tv» va «Gap» ijtimoiy loyihalarini taqdim etdi
16.08.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

16-avgust kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji (TATKHK)da o‘quvchilar tayyorgarligi to‘liq siklini nazorat qilish tizimlarini yaratish doirasida ijtimoiy IT-loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Taqdimot tashkilotchisi – O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi (O‘MKHM) va O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligi yordamida mazkur ijtimoiy loyihalarning ishlab chiqaruvchisi «O‘zbektelekom» AK UZMOBILE filialidir.

Kompaniya xodimlari va Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji o‘quvchilari tomonidan mutlaqo yangi loyihalar namoyish etildi, loyihadan maqsad uzluksiz ta’lim tizimini zamonaviy bozor talablari bilan integratsiyalash (mujassamlashtirish) uchun ijtimoiy lift qurish bo‘lib hisoblanadi.

«Smart Education» – ta’lim sohasida ta’lim jarayoni barcha ishtirokchilari o‘rtasida ijtimoiy o‘zarohamkorlik vositalari bilan  elektron hujjatlarni almashish imkoniyatlarini birlashtiruvchi internet-portal.

«EduCard» –O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun yagona naqdsiz to‘lov tizimi. Loyiha doirasida o‘quvchilar uchun  o‘zida ta’lim kartasi va to‘laqonli bank kartasi funksionalligini birlashtiruvchi yagona identifikatsion kartalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

«GAP» – matnli xabarlar, shuningdek, turli formatlardagi mediafayllar almashishga mo‘ljallangan milliy messenjer.

«Muloqot.tv» – video-taqdimot formatida turli tanlovlarni o‘tkazishga mo‘ljallangan yoshlar interaktiv platformasi.

Mazkur loyihaning amalga oshishi evaziga quyidagi imkoniyatlarga erishiladi:

  • ta’lim jarayonida barcha o‘quvchilar uchun yagona axborot maydonini yaratish;
  • o‘quvchilar uchun ta’lim kartasi va to‘laqonli bank kartasi funksionalligini birlashtiruvchi yagona ID kartalarini joriy etish;
  • turli yo‘nalishdagi keng miqyosli monitoringni o‘tkazish uchun o‘quvchilar portfoliosini yaratish;
  • o‘qituvchilar va o‘quvchilar motivatsiyasi hamda rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish, shuningdek, o‘quvchilar  tayyorgarligining to‘liq siklini nazorat qilish tizimini yaratish.

Taqdimot davrida o‘quvchilar uchun: «Smart Education»,  «Educard», «Muloqot.tv» va «Gap» yangi loyihalarining imkoniyatlari  ko‘rgazmali namoyish etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fan va texnologiyalar agentligining quyidagi sohalarda:

  • ish beruvchilar talab-ehtiyojlari va bozor iqtisodiyoti talablari hamda ilmiy nuqtai nazardan, loyihalarni qo‘llab-quvvatlash  bilan Respublika ilmiy salohiyatining integratsiyasi jarayonlarini ishlab chiqishda;
  • bo‘lajak kadrlarni ilmiy va sanoat tarmoqlariga tayyorlash uchun mamlakat ta’lim tizimini ilm va ishlab chiqarish bilan integratsiyalash real mexanizmlari yaratish va amaliyotda o‘zlashtirishda;
  • yosh avlod intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlashda faol hamkorligi ta’kidlandi.
Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq