“BestSoftChallenge-2017” tanloviga hujjatlar qabulining 10 kunlik statistikasi
14.08.2017
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 4 avgust kuni “BestSoftChallenge-2017” dasturiy ta’minot ishlab chiqish bo’yicha Respublika yoshlar tanloviga hujjatlar qabuli boshlangani haqida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan bo’lgan anjumanda e’lon qilingan edi.

14 avgust holatiga ko’ra, “BestSoftChallenge-2017” tanlovida ishtirok etish maqsadida 96 nafar yoshlar ro’yxatdan o’tganini ma’lum qilamiz.

Eslatib o’tamiz, Tanlov o’tkazishdan ko’zlangan asosiy maqsad:

  • turli kompyuter dasturlarini qo’llagan holda loyihalash va dasturlash sohasida ishlay olish qobiliyatiga ega bo’lgan yoshlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlash;
  • iqtidorli yosh dasturchilarga mahoratini ko’rsatish va aqliy salohiyatini namoyon etishlari uchun imkoniyat yaratish.

Tanlovga O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportiga ega 25 yoshgacha bo’lgan shaxslar ishtirok etishlari mumkin:

  • O’zbekiston professional kollej va akademik litsey o’quvchilari;
  • O’zbekiston OTM talabalari;
  • oliy ta’limga ega bo’lmagan shaxslar.

Tanlovda ishtirok etish uchun Tanlovning www.software.uz rasmiy saytida ko’rsatilgan ro’yxatga olish shaklini to’ldirish va jo’natish lozim.

Ariza berish uchun Tanlovning rasmiy veb-saytiga ko’rsatilishi lozim bo’lgan hujjatlar:

  • topshiriqning to’liq tavsifi yoki dasturiy ta’minotni ishlab chiqish bo’yicha g’oya mazmuni (shakl to’ldiriladi);
  • ishtirok etayotgan topshiriq (Maxsus nominatsiyaga tegishli bo’lmagan o’rnatishga, Internet tarmog’i orqali ishlatishga tayyor mahsulot va vebdastur);
  • ishtirokchi rezyumesi (faqat final bosqichi ishtirokchilari uchun);
  • dasturiy ta’minotning boshlang’ich kodi (Maxsus nominatsiyaga tegishli bo’lmagan);
  • AKT sohasidagi innovatsion g’oyaning batafsil tavsifi; maqsadi, ishlab chiqish bosqichlari, iste’mol bozoriga chiqish bosqichlari, joriy etish, talab, tijoriy maqsadlari, g’oyani joriy etishdan kutilgan daromad/xarajatlar (Maxsus nominatsiya uchun).

Agar Ishchi guruh fikriga ko’ra, ariza beruvchi ro’yxatdan o’tish shaklini to’ldirishda xatolikka yo’l qo’ygan bo’lsa (ta’minotga noto’g’ri tavsif berish, nominatsiya tanlashda xatolikka yo’l qo’yish), Ishchi guruh tomonidan tuzatiladi va ariza beruvchiga bu haqida xabar beriladi. Ariza beruvchi Ishchi guruh qaroriga e’tiroz berish huquqiga ega.

Ariza berilgandan so’ng ishtirokchilar dasturiy ta’minotni ishlab chiqishlari va www.software.uz sayti orqali topshiriqni onlayn taqdim etishlari lozim.

Eslatma!

Tanlov 3 bosqichda o’tkaziladi:

1 – bosqich: 2017 yilning avgustidan 16 oktyabrigacha – ishtirokchilarni ro’yxatga olish;

2 – bosqich: 2017 yilning 18 oktyabridan 27 oktyabrigacha- saralash (finalchilarni aniqlash);

3 – bosqich: 2017 yilning 1 noyabridan 10 noyabrigacha – yakuniy saralash (g’oliblarni aniqlash).

Tanlovda ishtirok eting va g’oyangiz, dasturiy ta’minotingiz yordamida AKT sohasi rivojiga o’z hissangizni qo’shing!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq