Mutaxassislar tomonidan texnika va agroresurslar monitoringi tizimi yaratildi
11.08.2017
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

«TECHNOUNIT-GROUP» mas’uliyati cheklangan jamiyati mutaxassislari tomonidan «SMART: Texnika va agroresurslar monitoringi tizimi» dasturi ishlab chiqildi.

Dastur fermerlik, dehqonchilik xo’jaliklari va boshqa korxonalar bo’yicha, ularda meva va sabzavotlarning borligi, meva va sabzavot mahsulotlari yetishtiriladigan yer maydonlarining mavjudligi, meva va sabzavot mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va saqlash bo’yicha imkoniyatlarning mavjudligi haqida monitoring qilish va boshqa ma’lumotlarni to’plash bo’yicha axborot tizimi hisoblanadi.

Ushbu dastur fermerlik va dehqonchilik xo’jaliklari, agrofirmalar, eksportchilar, issiqxonalar, sovitish omborlari, qayta ishlov berish korxonalari haqida ma’lumotlarni kiritish va saqlash, yer resurslari, mahsulot hajmi, muddati, hosildorligi hamda logistika shartlari/talablarini bajarilishini hisoblashni avtomatlashtirish, shuningdek onlayn hamda yuklab olish uchun fayl shaklida hisobotlarni shakllantirish kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Mualliflar Musyaev Ruslan, Navruzov Kuldash va Nagay Daniillarga yaratgan dasturlari uchun DGU 04437 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq