Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti: qulay, tezkor va ishonchli
07.08.2017
Rukn: Internet.
Muallif: .

Mamlakatimizda barcha sohalarda bo‘lgani kabi davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari hamda aholiga ko‘rsatilayotgan interaktiv davlat xizmati turlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Bu nima bermoqda? Javobi esa aniq. Davlat soliq xizmati organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 13 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida»gi O‘RQ-436-sonli Qonuni bilan Soliq kodeksiga yangi 22-1-modda qo‘shildi. Ya’ni, ushbu normaga asosan, soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti tushunchasi kiritildi va soliq to‘lovchilar bilan munosabatlarni elektron shaklda amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratildi.

Bugungi kunda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini yanada takomillashtirish, har bir tuzilma o‘z yo‘nalishida soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarining bajarilishi (rad etilishi) bilan bog‘liq davlat soliq xizmati organlari tomonidan yuboriladigan xat-xabarlarni mazmun jihatdan tahlil qilib, ularni soliq to‘lovchi shaxsiy kabineti orqali yuborishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi «Soliq ma’murchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5116-sonli Farmoni qabul qilindi. Unda davlat soliq xizmati organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasida bir qator vazifalar belgilandi.

Ayni paytda Farmon talablaridan kelib chiqqan holda soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro munosabatlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasining elektron davlat xizmatlari portalida joriy etilgan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yanada takomillashtirilmoqda. Unga binoan, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini takomillashtirish jarayonida quyidagi qo‘shimcha funksiyalar joriy etilishi rejalashtirilgan:

  • elektron raqamli imzo kalitisiz shaxsiy kabinetga kirish va unda imzo qo‘yish huquqisiz, tahrirlashsiz, hujjatlarni yuborish imkoniyatisiz ishlash;
  • davlat soliq xizmati organlari tomonidan shakllantirilgan soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetini amal qilishini boshlash yoki to‘xtatib turishni soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy ravishda amalga oshirish;
  • soliq to‘lovchi shaxsiy kabinetni aktivlashtirgandan so‘ng davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni faqat elektron tarzda amalga oshirish;
  • soliq to‘lovchi soliq idoralari bilan o‘zaro munosabatlarini faqat elektron tarzda amalga oshirishga o‘z istagini bildirgan taqdirda soliq organlari tomonidan yuboriladigan barcha hujjatlar elektron shaklda faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq to‘lovchiga taqdim etiladi.

Jismoniy shaxslar uchun

Yuridik shaxslar uchun

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun

Shu bilan birga soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini takomillashtirishda axborot ayirboshlash va tarqatish tezkorligi darajasining o‘sishi hisobiga davlat soliq xizmati organlarining funksiyalarini bajarish va davlat xizmatlarini ko‘rsatish samaradorligi va tezkorligini oshirishga, axborot ayirboshlashning yangi zamonaviy mexanizmlariga o‘tishga imkoniyat tizimni avtomatlashtirish hisobiga aholi va tadbirkorlik subyektlariga qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi.

Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bilan bog‘liq savollar yuzasidan foydalanuvchilarga axborot-maslahatlar berish, elektron davlat xizmatlarini aholi va tadbirkorlik subyektlari orasida ommaviy axborot vositalarida doimiy targ‘ibot qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Olib borilgan ishlar natijasida my.soliq.uz portaliga 2017 yil birinchi yarim yillik davomida 154,4 mln. marotaba murojaat qilingan. bo‘lgan. Ushbu davr davomida soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidagi xizmatlarga jismoniy shaxslar tomonidan 4 017,7 mingta, yuridik shaxslar tomonidan 1 315,0 mingta, yakka tartibdagi tadbirkorlardan 66,2 mingda murojaatlar bo‘lgan.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun o‘z soliqlarini shaxsiy kabinet orqali to‘lash imkoniyatidan foydalanib, 2017 yilning birinchi yarim yillik davomida jami 4,8 trln.so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni masofadan turib to‘lashdi.

Zamonaviy tajriba va soliq to‘lovchilarning takliflarini o‘rganish asosida «Jismoniy shaxslarning imtiyozlar ma’lumotnomasi», «O‘z biznesingni yarat», «Soliq to‘lovchilarni ro‘yxatga olish» kabi elektron davlat xizmatlari takomillashtirilmoqda. Shuningdek elektron davlat xizmatlardan foydalanish uchun yangi mobil ilova ishlab chiqildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq