Yordamchi texnologiyalar: zinapoyalardan mustaqil ko‘tarila oladigan ulangan xassadan nogironlar aravachasigacha
06.08.2017
Rukn: Qiziqarli fAKTlar.
Muallif: .

Jahon aholisi keksaymoqda. Mazkur demografik siljishni uddalash uchun avtonom ish vaqti imkon qadar uzaytirilgan nogironlar uchun skuterlar, zina ko‘tarmalari va dori vositalarini ichishni eslatuvchi ilovalar talab etiladi. Insoniyat yangi ish usullariga, insonlarni parvarishlash, bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlar va harakalanish usullariga moslashishiga to‘g‘ri keladi.

Ikki milliard insonga yordamchi texnologiyalar zarur bo‘ladi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining keksayishi hamda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar sonining ortib borishi «2050-yilda ikki milliarddan ortiq insonlarga kamida bitta yordamchi uskuna, shu bilan birga, qolgan katta yoshdagi insonlarga bunday uskunalarning ikkitadan ortig‘i zarur bo‘lishi»ga olib keladi.


Professor Stiven Xoking unga boshqa insonlar bilan muloqot qilishiga imkon beruvchi yordamchi kompyuter tizimidan foydalanadi.

Yordamchi texnologiyalar nima? Bu masalan, eshitish apparati, nogironlar aravachasi yoki ko‘zoynak, ya’ni insonning mustaqilligini saqlab qoladigan ixtiyoriy uskunadir. Ammo istiqbolda bunday uskunalar qatorida salomatlik holati monitoringi uchun olib yuriladigan qurilma, haydovchisiz avtomobil yoki robot-ekzoskelet bo‘lishi mumkin. Zamonaviy texnologiyalar bizlarga faollikni yanada ko‘proq saqlashga yordam berishi mumkin.

Mehnatni kamaytiruvchi qurilmalar

Keksalik bilan bog‘liq bo‘lgan jiddiy muammolardan biri jismoniy imkoniyatlarning borgan sari yomonlashishi hisoblanadi. Mehnat sarfini kamaytiruvchi qurilmalar u yoki bu darajada mazkur jarayon ta’sirini pasaytirishi mumkin. Robotlashtirilgan chim o‘rish qurilmasi, masalan Flymo 1200R, allaqachon avtonom rejimda chim o‘rmoqda, Dyson 360 Eye kabi robot-changyutgichlar esa mustaqil ravishda pollarni tozalamoqda.

2040-yilga borib, 5G tarmoqli avtonom avtomobillar barcha yerlarda tatbiq etiladi, dronlar esa bizning xaridlarimizni havo orqali yoki yerdan to‘g‘ri eshigimizgacha yetkazib beradilar. Bu bizni do‘konlarga borish zaruratidan ozod etadi.

Ammo harakatchanlikning pasayishi — bu katta avlod duch kelayotgan juda keng tarqalgan muammodir. Aynan shuning uchun ham, ko‘pincha ko‘chalarda nogironlar uchun skuterlarni uchratish mumkin bo‘lib qoldi. Bu tanasi kuchsizlanib borayotgan insonlar­ning harakatlanishlarini osonlashtiruvchi yechimlardan biridir. Bundan tashqari, insonlarga harakatchan bo‘lib qolishlariga yordam beruvchi boshqa texnologiyalar ham mavjuddir.

Hassalar, yetaklovchilar va ekzoskeletlar

Masalan, Dring Smart Cane — bu oddiy hassa emas. Dastasiga akselerometr va giroskop (yiqilishni aniqlash uchun), GPS-modul (joylashish yerini aniqlash) hamda GSM aloqasi (favqulodda holatlarda ogohlantirish jo‘natish uchun) o‘rnatilgan.

Yurishida ko‘proq yordam zarur bo‘lganlar uchun esa «yurishni osonlashtiruvchi elektr privodli qurilma» Keeogo — oyoqlar uchun ekzoskelet ishlab chiqilgan. B-TEMIA Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Keeogo qurilmasi harakatni kuzatish va mazkur axborot asosida zaif muskul kuchining o‘rnini qoplash uchun qo‘shimcha yordam ko‘rsatish maqsadida, tizza va bel bo‘g‘imlari sohasida datchiklar bilan ta’minlangan.

2040-yilda biz ehtimol noqulay skuterlar o‘rniga harakatlanishni osonlashtiruvchi yengil shaxsiy qurilmalarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, Segway Robot (Loomo) — RealSense kamerasi bilan ta’minlangan, yarim mustaqil harakalanuvchi astromexanik droid R2-D2 va yarim o‘z-o‘zini muvozanatlovchi ikki g‘ildirakli segvey Segway Mini Pro.

Hattoki, nogironlar aravachalari ham yuqori texnologiyalarga asoslanadi. Masalan, Scewo (avvalgi nomi Scalevo) — bu qurilmaning mustaqil ravishda to‘siqlardan o‘tish va undan tu­shishiga imkon beruvchi, o‘z-o‘zini muvozanatlovchi texnologiya aso­sidagi haqiqiy vnedorojnikdir. Bundan tashqari, aqlli rezina tishlari tufayli qurilma zina bo‘ylab xavfsiz ko‘tarilishi va tushi­shi mumkin.

Ammo nafaqat keksa insonlar yordamga muhtoj bo‘ladilar. Yordamchi texnologiyalar ixtiyoriy imkoniyati cheklangan insonlarga faol turmush tarzi olib borishlarida yordam berishi mumkin. Bunday texnologiyalar qatorida elektr privodli avtonom nogi­ronlar aravachalari, smartfonga ulangan yurish uchun qurilma, masalan ROVA, shuningdek, 3D-printerda chop etilgan protezlar kiritiladi.

Xullas, yordamchi texnologiyalar — bu faqatgina yuqori hara­katchanlikni ta’minlovchi qurilmalargina emas. Ko‘pgina olib yuriladigan qurilmalar yaxshi jismoniy holatni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan bir vaqtda (qadamlar, kaloriyalar va uxlash soati hisoblagichi), kelajak qurilmalari yordamida o‘z hayot ko‘rsatkichlarini kuzatish va u yoki bu kasalliklar, masalan, qand­li diabet yoki Parkinson kasalligi rivojlanishi xavfi to‘g‘risida ogohlantirishlar olish mumkin bo‘ladi. Oqilona foydalanilganida yordamchi texnologiyalar salomatlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi.

Manba

Mualliflar: Aleksandr Suchkov, Marufa Azizova

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq