Sony vinil plastinkalar ishlab chiqarilishini yangiladi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

Deyarli o‘ttiz yillik tanaffusdan so‘ng Sony Music Entertainment yapon kompaniyasi vinil plastinkalar ishlab chiqarilishini yangiladi. Ovoz yozib olish ishqibozlari tomonidan ushbu mahsulotga talab o‘sib borishi bunga asos bo‘ldi.

Shu sababli rejaga muvofiq yangi ishlab chiqarish liniyasi yaratilmoqda va 2018-yilda yil oxiriga borib, Sony ega bo‘lgan ko‘plab eski yozuvlar, yangi xitlar va boshqalar vinilda to‘planib, bosib chiqariladi. Bundan tashqari, kompaniya chetki buyurtmalarni ham qabul qiladi. Master-disklarni tayyorlash uchun qurilmalar Tokiodagi Sony Music ovoz yozish studiyalarida allaqachon o‘rnatilgan. Keyingi vaqtlarda plastinkalarda yozuvlarni amalga oshirishga qiziqish kuchayishi kuzatilmoqda. O‘tgan yil AQSH va Buyuk Britaniyada 17,2 mln. dona shunday moslama yozuvlari sotilgan va bu raqamli segment ko‘rsatkichlaridan o‘zib ketgandi. 70% xaridorlar yoshi 35 va undan ham yosh ekanligi juda qiziqarli.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq