Ro‘yxatga olingan domen nomlari 330 mln. .dan oshdi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
VeriSign kompaniyasi internet haqida qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi. Joriy yilning birinchi choragida ro‘yxatga olingan domen nomlarining soni 2017-yil 31-mart holatiga ko‘ra, 330,6 mln.ni tashkil etdi.
Domen nomlaridan eng ko‘p ro‘yxatga olinganlari orasida yuqori o‘rin .com domen nomlariga to‘g‘ri keldi, aytgandek, u VeriSignga taalluqli. Birinchi yil choragi oxirida berilgan ma’lumotlarga muvofiq bunday nomlar 128,4 mln.tani tashkil etgan. Domen nomlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinda .cn domen nomlari turibdi, unda 21,4 mln. nom ro‘yxatga olingan. Uchinchi o‘rinda .tk domeni (18,6 mln. nom), to‘rtinchi o‘rinda — .de (16,2 mln. nom) ro‘yxatga olingan. Birinchi beshlikni .net domeni yakunlaydi, u ham VeriSignga taalluqli, unda 15,2 mln. nom mavjud. Yil choragi bo‘yicha .com va .net domenlarida jami 9,5 mln. domen nomi mavjud. Domenlardan .ru reytingda sakkizinchi o‘rinni egallamoqda, .uk domenida (10,6 mln. nom) hamda .org domenida (10,4 mln. nom mavjud). Unda 6,4 mln. nom ro‘yxatga olingan. www.cctld.uz ma’lumotlariga ko‘ra «UZ» domeni zonasida 2017-yil iyul oyi o‘rtasida 33,5 ming domen nomi ro‘yxatga olingan.