Rossiyada «aqlli» svetofor ishlab chiqildi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
«Shvabe» xoldingi Yekaterinburgda o‘tkazilgan INNOPROM-2017 Xalqaro sanoat ko‘rgazmasida «aqlli shahar» uchun innovatsion svetoforni namoyish etdi.
Yangilikning asosiy xususiyati integratsiyalangan kamera bo‘lib hisoblanadi. U 360 daraja burchak ostida ishlab, aylana manzarani ta’minlaydi. Yo‘l xizmatining videosuratga olish funksiyasi evaziga olisdagi shahar chorrahalaridagi yo‘l xavfsizligini nazorat qilish xizmatini amalga oshiradi. Monitoring uchun mobil qurilmalar — smartfon va planshetlardan foydalanilishi mumkin. Smart-svetoforlar «Aqlli shahar» loyihasi doirasida yaratilgan. Mahsulot yo‘l harakati qoidalarining buzilishini qayd etishga qodir. Jumladan, tizim yo‘lovchilar yo‘lakchalaridan o‘tish, shuningdek, stop-liniya, ruxsat etilmagan joylarda to‘xtash holatlarini qayd etadi.
Ancha ilgari «Roselektronika» va «Shvabe» xoldinglari adaptiv svetofor ishlab chiqarishni rejalashtirganliklarini ma’lum qilganlar, u yo‘llardagi vaziyatlar trafigini optimallashtirish va yaxshilashda yordam beradi. Bunday yechimlar yo‘l ma’lumotlari modulini jamlovchi maxsus kontrollerlarga ega. Tizim tabiiy yoritish intensivligi, yo‘l trafigi va boshqa ko‘rsatkichlarni kuzatish imkonini beradi. To‘plangan ma’lumotlar asosida yashildan qizil signalgacha fazalar uzunligi o‘zgaradi, signal yorqinligi boshqariladi, shuningdek, qurilmaning sariq chiroq yonib/o‘chishi rejimi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.