Joriy yil kuz faslida haydovchisiz avtobus sotilishi boshlanadi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: Jurnal tahririyati.
O‘zi boshqariluvchi transport vositalari kun sayin ko‘proq hayotimizga kirib kelmoqada. Mashinalar, samoda samolyotlar, endi esa mini-avtobuslar shaharlarimiz ko‘chalarida harakatlanishi mumkin. Bu NAVYA fransuz kompaniyasining mahsuloti bo‘lib, hech qanday reklamasiz o‘zining birinchi elektrotransportiga oldindan buyurtma ola boshladi.
O‘zi boshqariluvchi transport vositalari kun sayin ko‘proq hayotimizga kirib kelmoqada. Mashinalar, samoda samolyotlar, endi esa mini-avtobuslar shaharlarimiz ko‘chalarida harakatlanishi mumkin. Bu NAVYA fransuz kompaniyasining mahsuloti bo‘lib, hech qanday rеklamasiz o‘zining birinchi elеktrotransportiga oldindan buyurtma ola boshladi.
Avtobus turli harakat datchiklari, navigatorlar, kamеralar, lidarlar va kartalar bilan jihozlangan bo‘lib, ARMA deb ataldi. Mini-avtobusga o‘rnatilgan gadjеtlar yo‘lda ishonchli harakatlanish imkonini beradi, boshqa transport vositalari bilan to‘qnashuvdan va turli to‘siqlarga tushib qolishdan himoya qiladi. Aslida, uning tezligi katta bo‘lmasada, biroq bunday transport juda yaxshi taksi yoki shattl bo‘lishi mumkin. Uni agar bеnzinda harakatlanadigan shunday transport bilan solishtirilsa, juda kam xarajatni talab qilishi ma’lum bo‘ladi, bundan tashqari, haydovchiga ham maosh to‘lashning hojati yo‘q. Elеktrik mini-avtobus allaqachon foydalanishga topshirilgan, Fransiyada AES xodimlarini ishga qatnashlarida xizmat qilmoqda. Unga 15 yo‘lovchi sig‘adi. Bunday bir mashinaning narxi hali aniq belgilanmagan, biroq kompaniyadan undan barcha oddiy odamlar ham foydalana olishiga ishonch bildirilmoqda. Yaqin orada bunday avtobuslar ommaviy ishlab chiqariladi va kelgusida sotiladi.