Jahon bo‘yicha 2017-yil birinchi choragi uchun smartfonlar yetkazib berilishi bo‘yicha ma’lumotlari e’lon qilindi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya, Yangiliklar.
Muallif: .

Risingsun Xitoy kompaniyasi tomonidan Jahon bo‘yicha 2017-yilning birinchi choragi uchun smartfonlar yetkazib berish ma’lumotlarini e’lon qildi, unga muvofiq bu sohada Samsung kom­paniyasi yetakchilik qilmoqda. Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi 80 mln. smartfonni yetkazib berdi.

Ikkinchi o‘rinni 51 mln. qurilma yetkazib bergan Apple egalladi. Uchinchi o‘rinni Huawei egalladi, uning natijasi 35 mln. smartfonni tashkil etdi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rin Oppo va Vivo ga tegishli bo‘lib, ular tomonidan bozorga muvofiq ravishda, 26 va 19 mln. dona qurilma yetkazib berildi. Ol­tinchi va yettinchi o‘rinlarni Xiaomi va LG bir xil ko‘rsatkich bilan 15 mln. dona smartfon bilan egalladi. Sakkizinchi qatorda Lenovo bo‘lib, 12 mln. qurilmani taqdim etdi. To‘qqizinchi o‘rinni ZTE egalladi, u 9 mln. dona smartfon yetkazib berdi. O‘nlikni 8 mln. qurilma yetkazib bergan Gionee kompaniyasi yakunladi.

Smartfonlarning yetkazib berilishi umumiy soni 2016-yil to‘rtinchi choragida 439 mln. qurilmadan 2017-yil birinchi cho­ragida 351 mln. donagacha tushib ketdi, biroq o‘tgan yil shu dav­riga nisbatan 5,4 foizga o‘sgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq