IDC prognozi bo‘yicha robotlar bozori bu yil 97 mlrd. dollardan 2021-yilgacha — 230 mlrd. dollarga ortadi
04.08.2017
Rukn: Texnologiya.
Muallif: .

IDC kompaniyasi bu sohadagi o‘z prognozini e’lon qildi, unda Tractica kompaniyasi 2022-yilda bozorga robotlar yetkazib berish 237 mlrd. dollardan ortishi ko‘rsatilgan.

IDC mutaxassislari fikriga ko‘ra, joriy yilda BPLA bilan qo‘shib hisoblaganda, robotlar, shu­ningdek, apparatli ta’minot, dasturiy ta’minot va servislar savdosi 97,2 mlrd. dollarni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich 2016-yildagidan 17,9 foizga ko‘p. IDC ma’lumotiga muvofiq, yaqin orada robotlar bozori tez o‘sadi. Aniq qilib aytganda, 2021-yilgacha o‘rtacha yillik o‘sish 22,8 foizni tashkil etadi. Agar mazkur prognoz o‘zini oqlasa, ko‘rsatilgan davr oxirigacha, pul mablag‘i bilan ifodalanganida — 230,7 mlrd. dollarni tashkil etadi.

Robotlar iste’molchisi ishlab chiqarish sohalari bo‘lib qolmoqda. Mazkur segment bozorning yarmidan ortig‘ni tashkil etmoqda. Ta’lim sohasiga mo‘ljallangan robotlar savdosi tez o‘sib (yiliga 71,9%), chakana savdosi (51,3%), qurilish (38,3%), ulgurgi savdosi (37,2%) va sug‘urta (36,3%) foizni tashkil etmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq