IDC 2021-yilda umumiy ulanish mumkin bo‘lgan bulutli servis xarajatlari 266 mlrd. dollarga yetishini bashorat qilmoqda
04.08.2017
Rukn: Internet, Texnologiya.
Muallif: .

IDC analitik kompaniya mutaxassislari navbatdagi prognozni tayyorladilar. Unda umumiy ulanish mumkin bo‘lgan bulutli servislar xarajatlari haqida so‘z boradi. Analitiklar fikriga ko‘ra, ushbu bozorda barqaror o‘sish kuzatiladi.

2016-yildan 2021-yilga qadar o‘rtacha yillik ko‘rsatkich 21% o‘sishni ko‘rsatmoqda. Joriy yilda umumiy ulanish mumkin bo‘lgan bulutli servislar xarajatlari 128 mlrd. dollardan iborat bo‘ladi va 2016-yilga nisbatan o‘sish 25,4 foizni tashkil etadi. 2021-yilga borib, o‘sish 266 mlrd. dollarni tashkil etadi.

Eng ko‘p talab etiladigan bulutli servis kelajakda «servis sifatida ilova» bo‘lib qoladi. Bu yil uning hissasiga savdoning uchdan ikki qismi to‘g‘ri kelmoqda, 2021-yilda esa — deyarli 60% bo‘lishi kutilmoqda. Qolgan sotuvlar «servis sifatida infrastruktura» va «servis sifatida platforma» xizmatlariga to‘g‘ri kelmoqda. IDC ma’lumotlariga ko‘ra, bulutli servisdan ishlab chiqarish kompaniyalari va bank sektorida, shuningdek, savdo va kasbiy-mutaxassislik xizmatlari sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar tomonidan faol foydalanilmoqda. Mazkur toifadagi korxonalar deyarli bozorning yarmini egallaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq